O‘zbekistonning Xitoydagi Elchixonasi ko‘magida Guliston davlat universitetida zamonaviy avtomobilsozlik kasblarini o‘rgatuvchi Lu Ban markazini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi
Guliston davlat universiteti hamda Beifang Automotive Education Group kompaniyasi o‘rtasida universitet huzurida Lu Ban dasturi asosida zamonaviy avtomobilsozlik kasblarini o‘rgatuvchi ta’lim markazini tashkil etish istiqbollari yuzasidan navbatdagi muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi vakillari ham ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida markaz uchun mo‘ljallangan binoning loyihasi, funksional rejalashtirilishi va texnik talablari batafsil muhokama qilinib, asosiy talablar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, markazda zamonaviy avtomobilsozlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, elektromobillar, gibrid avtomobillar, vodorod energiyasida harakatlanuvchi hamda kelajak transport vositalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’lim jarayonini oflayn va onlayn shakllarda tashkil etish, zamonaviy laboratoriya va o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur uskunalar, simulyatorlar, texnologiyalar hamda o‘quv bazasini shakllantirish bo‘yicha tomonlarning takliflari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida markazni zamonaviy xalqaro standartlar asosida tashkil etish, uni ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlash hamda avtomobilsozlikning yangi avlod yo‘nalishlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Mazkur loyiha Guliston davlat universitetida zamonaviy kasb va kompetensiyalarni rivojlantirish, O‘zbekiston–Xitoy ta’limiy hamkorligini yanada kengaytirish hamda kelajak avtomobilsozligi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



