Xalqaro ilmiy va akademik grantlarda olim va talabalarni ishtirokini ta’minlash
Xalqaro ilmiy va akademik grantlar Oliy ta’lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamg’armasi va qator yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan topshiriqlar va Toshkent shaxridagi xorijiy davlatlar elchixonalari va konsulliklarining rasmiy saytlari orqali e’lon qilinadigan ta’lim va ilmiy grantlar asosida e’lon qilinadi va tartibga solinadi. 2021 yil holatiga universitetning Xalqaro hamkorlik bo’limi tomonidan qator grantlar e’lon qilindi:
• Ozarbayjon Respublikasining YuNESKO huzuridagi doimiy vakolatxonasi Ozarbayjon Prezidenti tashabbusi bilan 2021—2022 o’quv yili uchun ta’lim granti;
• Islom taraqqiyoti banki tomonidan 2021-2022 o’quv yilida dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil oliy uchun ta’lim granti;
• BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkiloti (YuNESKO) tomonidan 35 yoshgacha tadqiqotchilar o’rtasida “Ipak yo’li – yosh tadqiqotchilar uchun” mavzusida grant loyihasi tanlovi;
• Latviya hukumatining 2021-2022 o’quv yili uchun O’zbekiston ta’lim muassasalari uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlar maqsadida ochiq stipendiyalar tanlovi;
• Frantsiya elchixonasi tomonidan “ATLAS” dasturi bo’yicha ijtimoiy-gumanitar yo’nalishi PhD o’qituvchilari uchun stajirovka dasturida ishtirok etish uchun grant e’lon qilindi.
Mazkur xalqaro ilmiy va akademik grantlar o’z vaqtida Xalqaro hamkorlik bo’limi tomonidan aniqlanib universitetning tegishli kafedralariga, matbuot kotibligiga va universitetning telegram kanalida e’lon qilib borildi. Qiziqish bildirgan nomzodlarga hujjat topshirish va grantlar to’g’risida ma’lumotlar berib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
