E’lon
Hurmatli foydalanuvchi!
Endi Guliston davlat universitetiga qilinadigan murojaatlarning barchasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi pm.gov.uz manzili orqali qabul qilinadi.
Joriy yil 25 fevral kunidan boshlab Guliston davlat universitetining rasmiy veb- saytidagi Guliston davlat universiteti rektori Xodjiev Muxsin Tadjievichning virtual qabulxonasi to’xtatiladi.
Davlat idoralari rahbarlarining o’z saytlaridagi onlayn qabulhonalari ishini tugatish davlat organlarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va shaffofligini oshirish, bir-birini takrorlovchi tizimlarni qisqartirish, davlat organlariga kelib tushayotgan barcha murojaatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni yagona tizim doirasida birlashtirishni ta’minlash imkonini beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
