BARCHA TALABALAR DIQQATIGA.
1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan universitetda talabalar o’rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari o’tkaziladi.
Sport musobaqalari 2018 yil 24-28 sentyabr kunlari sportning futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo’yicha o’tkaziladi.
G’olib jamoalar universitet ma’muriyati va Yoshlar ittifoqi universitet boshlang’ich tashkiloti tomonidan Diplom va esdalik sovg’alari bilan mukofotlanadi.
Hurmatli talabalar, sport musobaqalarida faol ishtirok etishingizni so’raymiz.
“Guliston davlat universiteti talabalari o’rtasida o’tkaziladigan sport musobaqalari
N I Z O M I
Musobaqalarning maqsad va vazifalari:
- univerersitetda sport-sog’lomlashtirish ishlarini yanada ommaviylashtirish;
- talabalarning salomatligini mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, faol dam olishni tashkillashtirish;
- sport turlari bo’yicha eng kuchli fakultet terma jamoalarini aniqlash;
- Musobaqalarni o’tkazish vaqti va joyi:
Musobaqalar 2018 yilning 24-28 sentyabr kunlari belgilangan sport inshootlarida o’tkaziladi.
- Musobaqa qatnashchilari:
Musobaqalarda universitet fakultetlarining kunduzgi bo’limida tahsil olayotgan barcha talabalar.
- Musobaqalar ustidan rahbarlik:
Musobaqalar ustidan rahbarlik va hakamlikni tashkil etish Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” va “Fakultetlaaro jismoniy madaniyat va sport” kafedralari professor-o’qituvchilariga yuklatiladi.
- Musobaqalarni o’tkazish tizimi:
Musobaqalar sport turlari bo’yicha tasdiqlangan qoidalar asosida, “Chiqib ketish” tizimida o’tkaziladi. Asosiy vaqt durrang natija bilan yakunlansa, qo’shimcha vaqt belgilanadi.
- Qur’a tashlash:
Qur’a tashlash 2018 yil 24-sentyabr kuni Jismoniy madaniyat fakulteti binosida soat 15-00 da bo’lib o’tadi.
- G’oliblarni taqdirlash:
Musobaqa g’oliblari xomiylar va mas’ullar tomonidan ta’sis etilgan qimmatbaxo sovrinlar bilan mukofotlanadilar.
T A Sh K I L I Y Q O’ M I T A
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
