Tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilish va doktorantlarni kursdan kursga o’tkazish to’g’risida
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistratura

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

Tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilish va doktorantlarni kursdan kursga o’tkazish to’g’risida

OʻZBÅKISTON RÅSPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVÅRSITÅTI

B U Y R U Q

03.12.2018 ¹ 890-K

Guliston sh.

 

2019 yil uchun tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilish, doktorantlarni kursdan -

kursga oʻtkazish va doktoranturadan chiqarish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qarori Nizomi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018 yil 28 sentyabrdagi 87-03-3424-sonli modemnomasining ijrosini taʼminlash maqsadida

B u yu r a m a n:

1. Barcha prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qarori Nizomi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018 yil 28 sentyabrdagi 87-03-3424-sonli modemnomasining ijrosini taʼminlash maqsadida universitetda joriy yilning 15 sentyabridan 15 oktyabrigacha belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha talabgorlardan 2019 yil uchun tayanch doktorantura (PhD)ga hujjatlarni qabul qilish jarayoni tashkil etilganligi va 2018 yil 1 noyabrdan 25 noyabrgacha yetakchi olimlar tomonidan kirish imtihonlari oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Universitet Kengashining 2018 yil 26 noyabr oyidagi 4-sonli yigʻilish qaroriga koʻra kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar yoʻnalishlar boʻyicha universitet tayanch doktoranturasi (PhD)ning 1-kursiga qabul qilinsin va ularga quyidagi yetakchi olimlardan ilmiy rahbarlar tayinlansin:

1. Uzaydullayev Akmal Olimovich. 02.00.17-Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish ixtisosligi boʻyicha “Maxalliy anor navlaridan sharbat konsentrati olish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, t. f. n, dos Sattorov Karim Qarshiyevich.

2. Abdurasulova Surayyo Shavkat qizi. 03.00.06-Zoologiya ixtisosligi boʻyicha “Oʻzbekiston xududida tarqalgan shilliqqurtlarning (Gastropoda Terrestria Nuda) faunasi ekologiyasi va xoʻjalik ahamiyati” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, b.f.d, prof Pozilov Abduvayet.

3. Yusufaliyev Olim Abduraxmonovich. 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi boʻyicha “Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida inson kapitalining sifati va samaradorligini oshirish yoʻllari” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, i.f.d, prof Gafurov Ubaydullo Vaxobovich.

4. Boʻriboyev Erkinjon Norboy oʻgʻli. 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi boʻyicha “Oʻzbekistonda pensiya tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, i.f.d, prof Omonov Akrom Abdunazarovich.

5. Obilov Mirkomil Rashidovich. 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi boʻyicha “Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashda aholi moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish yoʻnalishlari” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, i.f.d, prof Gafurov Ubaydullo Vaxobovich.

6. Toʻychiyev Abdunabi Xudoyberdiyevich. 10.00.02 - Oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha “Nurali Qobul asarlarida obraz va xarakter masalasi” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, f.f.d, prof Raximjonov Noʻmon.

7. Mamatqulov Davron Abdugapporovich. 13.00.04-Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha “Voleybolchilar tayyorlash amaliyotida anaerob chidamkorlikni rivojlantirish ustuvorligi” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, p.f.n, dos Bairbekov Mamatqul Gaimnazarovich.

8. Doʻstnazarov Sardor Baxtiyor oʻgʻli. 01.01.02-Differensial tenglamalar ixtisosligi boʻyicha “Prilojeniye metodov diskretnûx dinamicheskix sistem k protsessu rasprostraneniyu tepla na sterjne” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, f-m.f.d, akademik Abdulla Aʼzamov tayinlansin.

9. Komilov Mirziyo Mirkomilovich. 01.04.10-Yarim oʻtkazgichlar fizikasi ixtisosligi boʻyicha “Oʻzbekiston sharoitida quyosh batareyalarining degiratsiya xarakteristikasini tadqiq qilish” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, t.f.n, dos Odamov Umarboy Omonovich tayinlansin.

10. Djurayev Mansur Egamberdiyevich. 11.00.01-Tabiiy geografiya, landshaftlar geografiyasi va geokimyosi ixtisosligi boʻyicha “Landshaftlarni morfologik tarkibi ulardagi dinamik jarayonlarni meliorativ baxolash” (Mirzachoʻl tabiiy geografik okrugi misolida) mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, g.f.n, dos Xoliqov Raximjon.

3. Tayanch doktorantura (PhD)ning quyidagi mutaxassislik izlanuvchilari kursdan-kursga oʻtkazilsin va ularga 2019 yil 1 yanvaridan boshlab stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya tayinlansin:

1-kursdan 2-kursga:

1. Shapoʻlatov Oʻtkirjon Muxammadiyevich. 02.00.10-Biorganik kimyo ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Habibjon Hojiboboyevich Qoʻshiyev.

2. Almamatov Baxrom Uktamovich. 03.00.12-Biotexnologiya ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Habibjon Hojiboboyevich Qoʻshiyev.

3. Ergasheva Farogʻat Sheraliyevna. 03.00.07-Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Habibjon Hojiboboyevich Qoʻshiyev.

4. Toshboyev Bekzod Baxtiyorovich. 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, i.f.n., dotsent Obidqul Sattorqulov.

5. Obidova Zuhra Nasriddinovna. 01.04.00-Fizika ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, p.f.d., professor Maxammadrasul Djoʻrayev.

6. Samatova Dilrabo Yusufovna. 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, p.f.n., dotsent Xabibulla Abdukarimov.

7. Mamatova Xilola Muxiddinovna. 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, p.f.d., dotsent Baxtiyor Xudayberdiyevich Raximov.

8. Yusupova Nargiza Shakirovna. 13.00.04-Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, p.f.n., dotsent Mamatqul Gaibnazarovich Bairbekov.

9. Ismoilova Nozima Anvar qizi. 03.00.07-Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Habibjon Hojiboboyevich Qoʻshiyev.

10. Djurayev Toʻlqin Arziqulovich. 02.00.10-Biorganik kimyo ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Habibjon Hojiboboyevich Qoʻshiyev.

11. Maxmudjonov Zafarjon Murodjon oʻgʻli. 03.00.06-Zoologiya ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Abduvayet Pazilovich Pazilov.

12. Toʻrayeva Dilnoza Neʼmatullayevna. 10.00.01-Oʻzbek tili. Oʻzbek adabiyoti ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, f.f.d., professor Noʻmonjon Karimqulovich Rahimjonov.

13. Abduraimov Azizbek Sultonqulovich. 03.00.05-Botanika ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Komiljon Sharobitdinovich Tojibayev.

14. Nafasov Gʻanisher Abdurashidovich. 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, p.f.d., professor Barno Sayfutdinovna Abdullayeva.

15. Umarov Xabibullo Raxmatullayevich. 01.01.01-Matematik analiz ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, f-m.f.d., dotsent Botir Sabitovich Zakirov.

16. Eshonqulova Maʼsuda Xabibovna. 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisoslik yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, p.f.n., professor Mamanazar Ergashevich Djumayev.

2-kursdan 3-kursga

1. Berdiyev Gʻayrat Ibragimovich - 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, iqtisod fanlari doktori., professor Axmedjan Atajanovich Mamatov.

2. Turdiboyev Dilshod Xamidovich - 13.00.02 - Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, pedagogika fanlari doktori., professor Mamarejab Tojiyev.

4. Tayanch doktorantura (PhD)ning 3-kursini tamomlagan quyidagi mutaxassislik izlanuvchisi 2019 yil 1 yanvardan tayanch doktoranturadan chiqarilsin va unga stipendiya berish toʻxtatilsin.

1. Dushaboyev Olim Nazarovich - 13.00.02 - Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, p.f.d., professor

Mamarejab Tojiyev.

5. Doktorantura (DSc)ning 3-kursini tamomlagan quyidagi mutaxassislik izlanuvchici 2019 yil 1 yanvardan doktoranturadan chiqarilsin va unga stipendiya berish toʻxtatilsin.

1. Normamatov Sultonbek Ermamatovich - 10.00.01 - Oʻzbek tili. Oʻzbek adabiyoti yoʻnalishi. Ilmiy rahbar, f.f.d., professor Yormat Tojiyev.

6. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.Sulaymanov hamda tegishli kafedra mudirlariga:

- universitet Kengashida tasdiqlangan doktorlik (PhD) dissertatsiyalari mavzularini doktorantlar tomonidan “OAK Bllyuteni” jurnalida belgilangan muddatlarda eʼlon qilinishini taʼminlash;

- ilmiy rahbarlar tomonidan universitetda doktorant bilan olib borgan ishi, har bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hajmida ularning umumiy oʻquv soatlariga kiritilishini nazorat qilish;

- ilmiy rahbarlar tomonidan doktorant bilan birgalikda dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqish va bir oy muddatda Kengashda tasdiqlatishini nazorat qilish;

- ilmiy rahbarlar tomonidan tanlangan mutaxassislik boʻyicha nazariy-metodologik dasturlarini ishlab chiqishlarini va doktorantlar oʻqishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda Kengashda tasdiqlashini taʼminlash;

- nazariy-metodologik dastur, metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va masalalarini, mazkur ixtisoslik boʻyicha nazariy asoslarni va ilmiy tadqiqot usullarini oʻz ichiga olishini, ushbu nazariy-metodologik dastur tayanch doktorant tomonidan oʻqishning birinchi yili mobaynida ilmiy rahbarning yordamida oʻzlashtirilishini nazorat qilish;

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qarori Nizom talablariga qatʼiy rioya etilgan holda Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga doktorantlar lavozimiga qabul qilinganlarni oʻqitishni tashkil etish vazifalari yuklatilsin.

6. Xodimlar boʻlimi boshligʻi Sh.Alimovga:

- yangidan qabul qilingan (PhD) doktorantlar faoliyatini, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlashni belgilangan tartibda rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin.

7. Bosh hisobchi A.Oʻrazboqov, reja-moliya boʻlimi boshligʻi D.Qodirovalarga: 

- Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga tayanch (PhD) doktorantlar lavozimiga qabul qilinganlarga, 2019 yil 1 yanvaridan boshlab, ularga mos ravishda, stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanishini taʼminlash;

- kursdan-kursga oʻtkazilgan doktorantlarga 2019 yil 1 yanvardan boshlab belgilangan tartibda tayanch (PhD) doktorantlar uchun stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiyalar toʻlanishini taʼminlash;

- Ilmiy rahbar va konsultantlarning doktorantlar bilan mehnatiga haq toʻlashni, har oyda, oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan tartibida, har bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hisobida universitetning byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlanishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.

8. Mazkur buyruqning ijro nazoratini oʻz zimmamda qoldiraman.

RÅKTOR

M.T.XODJIYEV

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018 yil 28 sentyabrdagi 87-03-3424-sonli modemnomasi hamda universitet Kengashining 2018 yil 26 noyabr oyidagi 4-yigʻilish qarori.

 Guliston Davlat Universiteti

31050 | 2018-01-30 10:24

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news