“Mustaqillik darslari” o‘tkazildi
2026-yil 7-sentabr kuni Guliston davlat universitetining “Madaniyat saroyi”da O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Tadbirda Guliston davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori K.Kudratov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori R.Mahmudov, universitet qoshidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori O‘. Erbo‘tayeva, Yoshlar ittifoqi universitet yetakchisi Y.Hayitboyevlar so‘zga chiqib, mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar hamda bugungi taraqqiyot jarayonlari haqida fikr bildirdilar.
Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan yosh avlodning Vatan ravnaqi va mamlakat kelajagidagi mas’uliyati, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
“Mustaqillik darslari” davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularni ona Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy xotira va daxldorlik tuyg‘usi ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



