14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistr
26
Xorijiy talabalar
Universitetning ilmiy loyiha va grantlari haqida ma’lumot.
Biologiya fanlari doktori, professor H. Qo’shievning “A-9-27 Batat, kartoshka va topinamburning abiotik omillarga chidamlilik xususiyatlarini taxlili va sho’rga chidamli liniyalarini in vitro usuli yordamida yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqotlari asosida 76,5 mln. so’mlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilib, sho’rlanish sharoitida batat, kartoshka va topinamburning nav va liniyalarida tuganak hosil qilish holati o’rganildi va batatning 3 ta, kartoshkaning 2 ta liniyasi nav sinash komissiyasiga selektsiya yutug’i sifatida taqdim etildi.
Pedagogika fanlari doktori, professor R.Xolmuxammedovning A-1-97 "Talabalarni sog’lomlashtirish tizimi bo’yicha klaster modelini yaratish" mavzusidagi amaliy tadqiqoti bo’yichahisobot yilida 35,3 mln. so’mlik ish bajarilib, talabalarni sog’lomlashtirish tizimi bo’yicha klaster modelini yaratish bo’yicha amaliy tadqiqot ishlari yakunlandi. Natijada respublika oliy ta’lim muassasalarining 1000 dan ortiq talabalarining salomatlik ko’rsatkichlari o’rganildi va ilmiy taxlil etildi.
Biologiya fanlari doktori, A.Pozilovning A-7-53 raqamli: “O’zbekistonda gelmint kasalliklarini tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarining tur tarkibini aniqlash va ularning xo’jalik ahamiyatini o’rganish” mavzusidagi 58,8 mln.so’mlik ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi bajarilib, gelmint kasalliklarni tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarning taksanomik tarkibi anqlanadi va adir mintaqasi yaylovlarida oraliq xo’jayin sifatida ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarning tarqalish xaritasini tuzish davom ettirildi. Shuningdek, qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent I.O’razboev rahbarligida: “Sug’oriladigan bo’z-o’tloqli tuproqlarni mulchalash va kam ishlov berish orqali unumdorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida 64,7 mln. so’mlik, qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent T Turdiqulov rahbarligida A-8-4 raqamli: “Go’sht etishtirishni ko’paytirishda hisor zotli qo’ylarining irsiy imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihada 64,7 mln.so’mlik, texnika fanlari doktori N.Barakaev rahbarligida A-3-46 raqamli: “Don tozalash va saralash qurilmalari samaradorligini hisoblash hamda ularni loyihalash usullarini takomillashtirish” mavzusida 64,7 mln. so’mlik, texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Raxmatov rahbarligida A-9-23 raqamli “Uzum maxsulotlarini kayta ishlashning resurs tejamkor, yukori samarali texnologiyasini ishlab chikish”mavzusida 62,4 mln. so’mlik amaliy loyihalar, va yosh o’qituvchi A.Kenjaev rahbarligida YoA-7-4 raqamli: “Sho’rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi agrobiotexnologiyalar” mavzusida 32,2 mln so’mlik yosh olimlarning amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalari bajarildi. Quyidagi jadvalda davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ilmiy loyihalar bo’yicha hisobot davrida erishilgan eng muhim ilmiy natijalar keltiriladi.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish