Mualliflar diqqatiga

“Guliston davlat universiteti axborotnomasi” (Universitet axborotnomasi)

Ilmiy jurnali mualliflari diqqatiga!

 

1. “GulDU axborotnomasi” (Universitet axborotnomasi) ilmiy jurnali quyidagi sohalarga oid ilmiy maqolalarni o’zbek, ingliz va rus tillarida chop etadi: Fizika, matematika va axborot texnologiyalari; Biologiya va ekologiya; Filologiya; Pedagogika va ta’lim; Qishloq xo’jaligi, kimyo va ishlab chiqarish texnologiyalari; Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy fanlar.

2. E’lon qilinadigan maqolalarga bo’lgan asosiy talablar: ishning dolzarbligi va ilmiy yangiligi; maqolaning hajmi: adabiyotlar ro’yxati, chizma va jadvallar inobatga olingan holatda 7-8 betgacha;  annotatsiya (5-7 qator) va kalit so’zlar (5-8) o’zbek, ingliz va rus tillarida keltiriladi.

3. Maqolada UDK, nomi, muallifning F.I.O., tashkilot, muallifning e-mail, kirish, tadqiqot ob’ekti va qo’llanilgan metodlar, olingan natijalar va ularning tahlili, xulosa, adabiyotlar ro’yxati (namunaga qarang) keltiriladi. Maqolada keyingi 10-15 yilda e’lon qilingan ishlarga havola qilinishi tavsiya etiladi.

4. Matn uchun: Microsoft Word; Times New Roman, 12 shrift, maqola nomi bosh harflarda, interval 1,5; abzats 1,0 sm, ustki va pastki tomon 2 sm, chap tomon 3 sm, o’ngdan 1,5 sm.

Namuna:

UDK 581.14: 582.79

 

ADIR MINTAQASI ShAROITIDA AYRIM ASTRAGALLARNING O’SIShI VA RIVOJLANIShI

X. Sultanova*, I. Karimova**

*Guliston davlat universiteti, **Samarqand qishloq xo’jaligi instituti

E-mail: Sultona_15@ mail.ru

 

Kirish. Muammoning dorzarbligi shundaki, … Tadqiqotimizning maqsadi…aniqlash (ishlab chiqish, tavsiya berish, tasdiqlash, baholash, echimini topish, …). Tadqiqot ob’ekti va qo’llanilgan metodlar... . Olingan natijalar va ularning tahlili... . Xulosalar.

5. Adabiyotlar, jadval va rasmlarga havolalar dumaloq qavslarda keltiriladi (1-jadval), (2-rasm). Jadval va rasmlar matndan keyin berilishi lozim. Ularning umumiy soni 3 tadan oshmasligi kerak.

6. Adabiyotlar ro’yxati amaldagi qoidalarga ko’ra alifbo bo’yicha keltiriladi (namunaga qarang).

Kitoblar: Muallif, nomi, shahar, nashriyot, yil va betlar.  Namuna: Ivanov I.I. Lekarstvenno’e sredstva. -  M.:Meditsina,1997. - 328 s.

Maqolalar:  Muallif, maqola nomi G’G’ Jurnal nomi, yil, , betlar. Namuna: Karimova S.K. Ekologiya nektoro’x rasteniy ado’rnoy zono’G’G’ Uzb. biol. jurn., 2009. 2. - S. 10-18.

Avtoreferatlar: Muallif, nomi: Avtoref. dis. … d-ra biol. nauk. Shahar, yil, betlar. Namuna:  Xodjaev D.X. Vliyanie mikroelementov na urojaynost xlopchatnika: Avtoref. diss... d-ra biol. nauk. Moskva, 1995. - 35 s.

Tezislar: Muallif, nomi G’G’ To’plam nomi, shahar, yil va betlar. Namuna: Karshibaev X.K. Bioekologicheskie issledovaniya vidov yantaka G’G’ Materialo’ Respub. nauch. konf. “Kormovo’e rasteniya Uzbekistana”. - Gulistan, 2006. - S. 15-17.

7. Tahririyat fizik o’lchovlarni keltirishda xalqaro tizim (SI), biologik ob’ektlarni nomlashda xalqaro Kodeks nomenklaturasidan foydalanishni tavsiya etadi. Butun sondan keyingi sonlar nuqta bilan ajratiladi (0.2).

8. Tahririyatga maqolaning qog’oz va elektron variantlari topshiriladi. Maqolaning qog’oz variantida mualliflarning imzosi bo’lishi shart. Qo’lyozmaga ish bajarilgan tashkilotning yo’llanma xati, tasdiqlangan ekspertiza akti, taqrizlar ilova qilinadi.

9. Jurnalda anjuman tezislari va ma’ruzalari chop etilmaydi. E’lon qilingan materiallarning haqqoniyligiga va ko’chirilmaganligiga shaxsan muallif javobgardir.

10. Tahririyat maqolaga ayrim kichik o’zgartirishlarni kiritishi mumkin. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko’rib chiqilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, 120100, Guliston shahri, 4-mavze, Guliston davlat  universiteti, Asosiy bino, 4-qavat, 412-xona.

Web site: www.guldu.uz,

E-mail: guldu-vestnik@inbox.uz

4629 | 2017-12-30 11:11
:*
E-Mail:
:
: * Yangilash
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish