Abdushukurova Kamola Alijon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining himoyasi to‘g‘risida
Guliston davlat universiteti huzuridagi raqamli Ilmiy Kengashning 2026-yilning 16-iyun kuni soat 1100 da boʻlib oʻtadigan majlisida tayanch d PhD. 03/2025.27.12.В.38.03 tadqiqotchi Abdushukurova Kamola Alijon qizining 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligidan “Taraxacum Wigg turkumiga mansub dorivor o’simliklarning parazit fitonematodalari (Toshkent Botanika bog’i misolida)” mavzusidagi biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi bo’lib o’tadi.
Rasmiy opponentlar:
Dadayev Said Dadayevich biologiya fanlari doktori, professor
Kuchboev Abdurahim Ergashevich biologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



