14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
“O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” nomli tanlovning Sirdaryo viloyati bosqichi.
2018- yil 9-yanvar kuni Guliston shahar, Guliston davlat universitetida O’zbekiston respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi hamda respublika ixtirochi ayollar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” nomli tanlovning Sirdaryo viloyati bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovni Guliston davlat universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori R.Mahmudov ochib berdi.
Ushbu tanlovda viloyatimiz xotin-qizlari bilan bir qatorda Guliston davlat universitetining quyidagi olima ayollari va talaba qizlari ham o’zlarining innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdilar:
1.Abdurahmanova O’g’iloy Qahhorovna – Kimyo kafedrasi mudiri, dotsent.
Mavzu: “Uzum danagidan foydali mahsulotlarni ajratib olishning samarali texnologiyasi”.
2. Mirsharipova Guljahon Kamolovna– Tuproqshunoslik kafedrasi o’qituvchisi, dotsent. Mavzu: “Sho’rlangan tuproq sharoitida oraliq ekinlarning seleksion qiymati va urug’chiligining ilmiy asoslarini o’rganish”.
3. Ismailova Nozima Anvar qizi– Biologiya kafedrasi o’qituvchisi.
Mavzu: “Kartoshka yoki batatning sho’rga chidamlilik xususiyatlari”.
4. Kabekova Gulnaz Raxmanalievna– Fizika-matematika fakulteti talabasi.
Mavzu: “Bog’cha yoshidagi bolalarni ingliz tiliga o’rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanish”.
5. Sa’dullaeva Oydin Temur qizi — Biologiya kafedrasi talabasi.
Mavzu: “Kartoshka yoki batatning o’sish va rivojlanishida glittsirizin kislotasi tuzlarini ta’siri”.
6. Ismoilova Barno Ravshanovna — Filologiya kafedrasi talabasi.
Mavzu: “Sirdaryo viloyati Barkamol qizlari klubini tashkil qilish”.
Olima ayollarimiz, tadbirkor ayollarimiz, qolaversa talaba qizlarimiz tomonidan taqdim etilayotgan ixtirolar, innovatsion loyihalari o’zining bugungi kundagi dolzarbligi va mamlakatimiz iqtisodiyotini bir qadam bo’lsa ham oldinga siljitishga hissa qo’sha oladiganligi bilan ahamiyatga molik bo’ldi.
Ushbu tanlovda yoshidan, ma’lumotidan qat’iy nazar barcha xotin-qizlar ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Tanlov ishtirokchilari taqdimotlari t.f.d. professor, K.K.Nuriev, k.f.d. professor, M.B.G’ofurov, t.f.n. A.N.Adilov, b.f.n. L.A.Botirova, Pedagogika-psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi, Ya.A.Nurumbekovalardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan baholab borildi.
Tanlov yakunida ishtirokchilar viloyat Xotin-qizlar qo’mitasi sertifikatlari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Nominatsiyalar bo’yicha eng munosib nomzodlarga respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmalar berildi.
Guliston davlat universiteti xotin- qizlar qo’mitasi raisi
N.Sultonova
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish