Qiz bola bo’lg’usi oila bekasi, kelajagimizning egasidir.
Guliston davlat universitetida “Qiz bola bo’lg’usi oila bekasi,kelajagimizning egasidir” mavzusida ko’rik tanlov o’tkazildi.
Sirdaryo viloyati Xotin-qizlar qo’mitasi hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida 2017-yil 15-dekabr kuni Guliston shahar bolalar musiqa va san’at maktabida universitet miqyosida talaba qizlar o’rtasida “Qiz bola bo’lg’usi oila bekasi,kelajagimizning egasidir” mavzusida ko’rik tanlov bo’lib o’tdi.
Ushbu tanlovda Filologiya fakulteti «Sharq yulduzlari», Fizika-matematika fakulteti «Nurafshon», Tabiiy fanlar fakulteti "Qizg’aldoq", Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti «Mohlaroyim”, Pedagogika fakulteti “Asrimiz malikalari” hamda Jismoniy madaniyat fakulteti “O’zbegim qizlari” kabi jamoalar o’zaro bahsga kirishdilar.
Tadbir ajoyib sahna ko’rinishlariga hamda milliy raqslarga boyligi bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Keskin bellashuvlar natijasida Tabiiy fanlar fakulteti “Qizg’aldoq” jamoasi, Pedagogika fakulteti “Asrimiz malikalari” jamoasi hamda Jismoniy madaniyat fakultetining “O’zbegim qizlari” jamoalari keyingi final bosqichiga yo’llanma oldilar. Final bosqichi 2018-yil, fevral oyining 4-haftasida o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
