Gulistonda oʻtgan “Besh tashabbus” olimpiadasi ommaviy sport musobaqalarining final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi
Bellashuvlar
mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol sport turlari
bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning final bosqichida umumiy hisobda 700 nafarga
yaqin sportsevar yoshlar ishtirok etdi.
Bugun barcha g‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar, medallar hamda kuboklar tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vazirligi va viloyat hokimligi mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar “Besh tashabbus” olimpiadasi yuqori saviyada o‘tganini ta’kidlab, mazkur sport tashabbusi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdilar.
Sport musobaqalarining barcha natijalari bu yerda: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103920










Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



