Yoshlar tarbiyasi dolzarb masala

2018 yil 3 aprel kuni Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Mo’min hoji Usmonov, profilaktika inspektori A.Usmonov, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida ta’lim-tarbiyaga oid tadbir o’tkazildi.

Tadbirda universitet rektori, prof. M.T.Xodjiev, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor, dotsent R.Mahmudov, Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi M.Usmonov, profilaktika inspektori A.Usmonov, professor-o’qituvchilar va 512 nafar talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqan ma’ruzachilar talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi va kiyinish madaniyati, bugungi kunda ayrim yoshlar milliy mintalitetimizga xos bo’lmagan turli kiyimlarda yurishi, jamoat joylarida yurish, so’zlashish, shuningdek telefondan foydalanish madaniyatiga rioya qilmayotgani, qizlarning ochiq-sochiq yoki tor shim kiyib yurishlari “ommaviy madaniyat”ga oylanib qolayotgani, buning oqibatida o’zi va yaqinlarini noqulay vaziyatga tushirib qo’yayotgani haqida ochiq muloqot o’tkazishdi va yoshlar bilan  fikrlashdilar.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklar, giyohvandlik, bezorilik, spirtli ichimliklar ichib transport vositalarini boshqarish  bilan bog’liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizm, noqonuniy migratsiyaning salbiy oqibatlari haqida to’xtalib o’tishdi hamda bugungi kunda viloyat aholisi, ayniqsa yoshlar orasida sodir etilayotgan turli huquqbuzarliklar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar hamda ularning oldini olish bo’yicha olib borilayotgan keng ko’lamli chora-tadbirlar haqida gapirib o’tishdi.  

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?