Tuproqlari oltin O‘zbekistonim
2021-yil 1-fevral sanasida Guliston davlat universitetining Madaniyat saroyida O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon tavalludining 87 yilligiga bag‘ishlangan “Tuproqlari oltin O’zbekistonim” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari, adabiyotshunoslar, shoirlar ishtirok etishdi.
Tadbirda universitet professori R.Mahmudov va filologiya fakulteti talabasi K.Husanovalar shoir ijodi, uning boy ilmiy va adabiy merosi, To‘ra Sulaymonning umr yo’liga doir ma’ruza qilishdi.
Tadbirning ikkichi qismida shoir qalamiga mansub she’rlarga bastalangan kuy qo’shiqlar, badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
