Mahallabay ish jarayoni amalda

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati, Kengash raisining o’rinbosari, GulDU rektori professor M.T.Xodjiyev hamda Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati, Ijtimoiy iqtisodiy fakultet dekani Z.Zikriyayev va Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati N.Xudoyberdiyevalar ishtirokida Guliston shahrining jami 6 ta mahallasida “Yoshlar daftari”dagi yoshlar oldida turgan muammolar yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi. Ushbu sayyor qabulda jami 86 nafar yoshlar takliflari eshitildi.

Uchrashuv natijasida 2 nafar vaqtinchalik ishsiz yoshlar universitetga ishga qabul qilindi, 3 nafar yoshlar bepul repititor bilan ta’minlandi, 1 nafar nogiron qizga uyiga borib o’rgatadigan repititor tayinlandi. 35 nafar yoshlar Mikrokreditbank va Xalq banki mutassadilari bilan uchrashuv joyida kredit masalasi hal qilib berildi. 45 nafar yoshlarning o’z tadbirkorliklarini tashkil etishlari uchun har 3 nafariga bir nafardan iqtisodiyot mutaxassiligiga bo’yicha professor-o’qituvchi biriktirildi. Ushbu professor-o’qituvchilar tomonidan yoshlarning biznes loyihalarini ishlab chiqish va eng muhimi, ajratilgan kreditni maqsadli sarflanishida amaliy yordam beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?