14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llagan murojaatnomalarida aks etgan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan yoshlarning eng nufuzli oliygohlarga kirish bo’yicha intilishlarini inobatga olib, bilimli va iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida joriy yilning 13-14 mart kunlari matematika fanidan "Qo’qon olimpiadasi" tashkil etilmoqda.
Mazkur olimpiada Qo’qon universiteti tashabbusiga muvofiq "Qorako’l ziyo" NTM bilan hamkorlikda ikki bosqichda (viloyat va respublika) o’tkazilyapti.
Talabgor-o’quvchilar sonining ko’p ekanligini inobatga olib, dastlabki tuman, shahar saralash bosqichi Xalq ta’limi vazirligining bevosita hamkorligi ostida joriy yilning 5-6 fevral kunlari umumta’lim maktablarining 5-11-sinf o’quvchilari o’rtasida tashkil etildi.
Xususiy maktab o’quvchilarining ham aniq fanlar, xususan matematikaga bo’lgan qiziqishlari hamda mazkur maktablarning umumiy soni katta emasligini inobatga olib, har bir xususiy maktabdan 3 ta guruh, ya’ni 5-6-7-sinf (1-guruh), 8-9-sinf (2-guruh) va 10-11-sinf (3-guruh) kesimida uch nafardan jami 9 nafar o’quvchi viloyat bosqichiga to’g’ridan-to’g’ri yuborilmoqda.
“Qo’qon olimpiadasi”ning viloyat bosqichi Davlat test markazi tomonidan joriy yilning 20 fevral kuni respublikamizning barcha ma’muriy hududlarida, ya’ni oliy ta’lim vazirligi tomonidan belgilab berilgan yirik OTMlari bazasida tashkil etiladi. DTM natijalariga muvofiq har bir hududdan 3 ta guruh bo’yicha 5 nafardan jami 15 nafar g’olib o’quvchi-nomzodlar respublika bosqichiga tavsiya etiladi.
Respublika bosqichi esa Qo’qon universitetida shu yilning 13-14 mart kunlari tashkil etiladi. Yakunlovchi bosqichda Davlat test markazi javoblari asosida har bir hududdan eng yuqori ball to’plagan 5 nafar o’quvchi-nomzod tanlab olinadi. Mazkur bosqich “Qorako’l ziyo” nodavlat ta’lim muassasasi mutaxassislari, ya’ni turli yillarda matematikadan xalqaro va respublika olimpiadalari sovrindorlari tomonidan tuzilgan ikki pog’onali test usulida tanlov asosida tashkil etiladi.
Olimpiada:
— talantli yoshlarni qidirib topish;
— ularning iqtidorini jamiyat rivoji yo’lida safarbar etish;
— investitsion motivatsiya asosida yosh matematiklarning selektsiyasini amalga oshirish;
— ularning matematik bilimlarini sinovdan o’tkazish;
— nufuzli oliy o’quv yurtlarida tahsil olishlariga ko’maklashish va shu asosda texnik taraqqiyotning jadallashishiga zamin yaratishga xizmat qiladi.
Olimpiada g’oliblari munosib mukofotlanadilar!
* Birinchi guruh, ya’ni 5-6-7-sinf o’quvchi-talabgorlari o’rtasida birinchilikni qo’lga kiritgan nomzodga “Nexia” avtomobili sovg’a qilinadi.
* Ikkinchi guruh, ya’ni 8-9-sinf o’quvchi-talabgorlari o’rtasida birinchilikni qo’lga kiritgan nomzodga ham “Nexia” avtomobili tuhfa qilinadi.
* Uchinchi guruh, ya’ni 10-11-sinf, akademik litseyning 1-2-kurs o’quvchi-talabgorlari o’rtasida birinchilikni qo’lga kiritgan nomzodga esa “Cobalt” avtomobili sovg’a qilinadi.
* Shuningdek, barcha guruhlar bo’yicha birinchi 10 talik ro’yxatidan joy olgan nomzodlarga Qo’qon universitetida grant asosida o’qishga qabul qilish bo’yicha Investitsion vaucher taqdim etiladi.
* “Qorako’l ziyo” nodavlat o’quv muassasasi tomonidan esa, guruhlar bo’yicha 1-2-3-o’rinni qo’lga kiritgan o’quvchi-nomzodlarga matematika va boshqa fanlardan qo’shimcha bilim olish bo’yicha bir yillik bepul o’qish bonusi taqdim etiladi.
Yoshlarni bilimga, ilmga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan olimpiadani uyushqoqlik bilan tashkil etishda xususiy umumta’lim maktablarini ham faollikka chorlab qolamiz!
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish