Guliston davlat universitetining Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisining 3-son bayoni hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-fevraldagi 58-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining yig‘ilishida Kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom va uning tarkibi tasdiqlandi.Ushbu Kengashga yil davomida universitetdagi yoshlar siyosati, ma’naviy-axloqiy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha barcha ishlarni (hozirda mavjud bo‘lgan va qo‘shimcha taklif etiladigan barcha tadbirlar) Nizom asosida bajarilishini ta’minlash;
- bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak oxirgi oyining 25-sanasiga qadar vazirlikning Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasiga ma’lumot kiritib borishni ta’minlash vazifalari yuklatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
