“O‘qituvchi va o‘quvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Guliston davlat universitetining “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi hamda GulDU qoshidagi Akademik litsey bilan hamkorlikda 2021-yil 19–fevral kuni Akademik litseyda “O‘qituvchi va o‘quvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening 2-bosqichda olib borildi, 1-bosqich akademik litsey o‘quvchilari uchun “Mahorat darslari”, 2-bosqichda professor-o‘qituvchilar uchun “Master klass” o‘tkazildi.
Seminar-treningni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilarining raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishlarini tashkil etish, o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish, internetning axborot resurslarini tahlil qilish va ulardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘qituvchilar uchun raqamli texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanib ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar berishdan iborat.
Seminar-treningda GulDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.G.Sharipov, Axborot texnologiyalari fakulteti dekani A.A.Qalandarov, “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri S.I.Qulmamatov, kafedra professor-o‘qituvchilari, akademik litsey direktori Q.Mahmudov, akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbirni GulDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor- F.G.Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi, so‘ngra Akademik litsey direktori Q.Mahmudov seminar-trening bo‘yicha o‘z fikr – muloxazalarini bildirib o‘tdi.
1-bosqichda akademik litsey o’quvchilari uchun “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan Z.T.Negmatulloev, D.B.Abdurahimov, S.P.Allayorov, J.D.Saidovlar akademik litsey ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi 102-guruxda, A.N.Qudratov, M.B.Niyozov, U.A.Yuldashev, A.A.Taniberdiyevlar aniq fanlar yo‘nalashi 112-guruhda “Mahorat darslari”ni o‘tkazishdi.
2-bosqichda akademik litsey o‘qituvchilari uchun GulDU Axborot texnologiyalari fakulteti dekani A.A.Qalandarov “Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdagi muammo va yechimlar” mavzusida va “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri S.I.Qulmamatov “Uzluksiz ta’lim tizimida fanlarning integratsiyasi” mavzusida “Master klas” o‘tkazdilar.
Seminar-trening universitet hamda akademik litseyi professor-o‘qituvchilari bilan ochiq-muloqot shaklida davom ettirilib, kelgusidagi rejalar hakida fikr yuritildi.
“O‘qituvchi va o‘quvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
