Mahorat darslari davom etmoqda

Guliston davlat universiteti tashabbusi bilan viloyatimiz tumanlaridagi o‘rta maktbalarda metodik yordam ko‘rsatish, darslarni mazmunan va sifat jihatdan yaxshilash maqsadida mahorat va trening darslari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu darslarni universitetning bir guruh tajribali professor-o‘qituvchilari olib bormoqdalar. Navbatdagi mahorat darslari 11-mart kuni “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan Boyovut tuman 28-maktabi bilan hamkorlikda O‘quvchilarda raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini oshirish: muammo va yechimlar mavzusida tashkil etildi.

 

Mahorat darslari jarayonida maktab o‘quvchilarining kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishlarini tashkil etish, o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish, internetning axborot resurslarini tahlil qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarga urg‘u berildi.

Mahorat darslarida 11-sinf bitiruvchilari uchun Kasbga yo‘naltirish sifatida ham olib borildi, shuningdek 8-9 sinf o‘quvchilariga “Kompyuter grafikasi”, “Internet texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlar”dan maqsadli foydalanish bo‘yicha ochiq muloqot shaklda o‘tkazildi.

Talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida ushbu darslarga iniversitetning “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari ham jalb etildilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?