USTOZ IBRATI
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistr

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

USTOZ IBRATI

Adabiyotshunos Umarali Normatov 90 yoshda

USTOZ IBRATI

 

O’quvchilik yillarimizda Rapqon qishlog’i markazidagi Furqat nomli maktab uzun koridori devorida ikkita stend osig’liq turardi. Stendda “Umarali Normatov - olim” degan maqola va uchta kitobi bor edi. Ikkinchi stendda esa “Tilshunos – Yormat Tojiev” degan maqola va ikkita kitob osig’liq edi. Maktab o’quvchilari Furqat maktabini sobiq o’quvchilari Umarali Normatov va Yormat Tojievlar haqidagi maqolalarni qayta-qayta o’qishar, ularga o’xshashni niyat qilishardi. Agar bugun Rapqon qishlog’idan ellikdan ortiq fan nomzodlari, fan doktorlari etishib chiqqan bo’lsalar ularning barchasi Umarali Normatovga, Yormat Tojievga o’xshashni istagani uchun olim bo’lishgan. Ustoz Umarali Normatov o’zlari sezmagan, bilmagan holda Rapqonlik yoshlarga ustoz, ibrat bo’lganlar.

Umarali Normatovni Rapqonda doimo yuksak hurmat bilan tilga olishar, televizordagi har bir chiqishi bir haftalar choyxonalardagi gurungni asosiy mavzusi bo’lardi. Yoshi ulug’lar Ozod Sharafiddinovni Rapqonga Beshariq vokzalidan yuk mashinasida kelganliklarini faxr bilan gapirishadi. Ozod Sharafiddinov Rapqon qishlog’i markazida joylashgan paxta punktidan Umarali Normatov hovlisini so’raydi. Qarovul chol Umarali Normatovni akasi Haydarali Normatov paxta punkti direktori ekanligini, hali zamon kelib qolishini aytadi. Lekin Ozod Sharafiddinov qishloq ko’chalari bo’ylab Umarali akani uyini izlab ketadi. Domla hovlisini topganida Umarali Normatov boshqa ko’chadan Kirov (hozirgi Beshariq) tumani markaziga Komsomol komitetiga ishga ketib bo’lgan ekan. Ozod Sharafiddinov – Umarali akani otasi mulla Normat buva, akasi Haydarali aka bilan tanishadi. Birgina suhbat Ozod Sharafiddinovni bir umr Rapqonga bog’lab qo’yadi. Ozod Sharafiddinov Kirov tumani Komsomol komiteti birinchi kotibi oldiga kirib Umarali Normatovni Toshkentga olib ketishini aytib ishidan ruxsat oladi. Shu kuni Ozod Sharafiddinov va Umarali Normatovlar Toshkentga poezdda qaytib ketishadi.

Ozod Sharafiddinov – ilmli yigitlarni izlab uzoq, tog’ etagida joylashgan Rapqon qishlog’iga borishdan erinmaydi va adabiyotshunoslikda yangi bir olim Umarali Normatovni kashf qilgan. Ilmiy mavzu berib nomzodlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan.

Bugun o’zbek tanqidchiligini, adabiyotshunosligini Umarali Normatovsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki, muallim, olim, ijodkor Umarali Normatov xarakteridagi muloyimlik, bilimdonlik, sermulohazakorlikning ildizi ota-onasining savodxonligiga bog’liq, menimcha. Normat qori buva nafaqat Rapqonda balki Farg’ona muzofotidagi Qur’onni yod biladigan savodli, insofli, adolatli insonligi bilan ham keng xalq ommasi hurmat-e’tiborga sazovor bo’lgan. Bunday ziyoli oilada tug’ilgan bolani o’qimishli, savodli bo’lmasligi mumkin emas edi.

Umarali Normatov – tanqidchi. “Tanqidchi – alohida iqtidor sohibi. Tanqidchi – ijodkor. Yozuvchi hayot orqali kitobga boradi. Tanqidchi kitob orqali hayotga kiradi. U kitoblarni ochadi. Doim shu ma’noda kashfiyotga moyil. Muallimga eruditsiya suv va havodek zarur. Lekin tanqidchini eruditsiyasiz mutlaqo tasavvur qilib bo’lmaydi. Eruditsiya etilgandagina tanqidchi etiladi” – degan edi O’zbekiston san’at arbobi, adabiyotshunos Ibrohim G’ofurov. Umarali Normatov – ustozlari G’ulom Karimov, Ozod Sharafiddinov, Subutoy Dolimov, Laziz Qayumov, Izzat Sulton, Matyoqub Qo’shchanov, Ahmad Aliev singari olim, muallim, ma’naviyatchi, ma’rifatchi, adabiyotshunos – tanqidchi bo’lishni orzuladi. Va bu orzusiga etishdi. Mamlakatimizning bu ulug’ olimlari bilan bir qatorda turib faoliyat ko’rsatdi, ular bilan adabiyot muammolari haqida bahslar olib bordi.

O’zbekiston xalq shoiri, Guliston davlat universiteti professori To’ra Sulaymon: Adabiyotshunoslar yozuvchilar va shoirlarni taqsimlab olishgan “bor tavog’im kel tavog’im deganday” – degan edi. Umarali Normatov bunday tanqidchilar sirasiga kirmaydi. U yuragini junbushga keltirgan har qanday ijodkor asariga keskin munosabatini bildira olish hususiyatiga ega olimdir. Olimning har bir chiqishi xoh u gazeta-jurnalda, xoh televideniedagi, radiodagi bahsda bo’lsin faqat rost gapni, yuragi buyurganini, yoqish-yoqmasligidan qat’iy nazar his-hayajon bilan ayta olishi bilan olimlar, ijodkorlar o’rtasida katta hurmat topgan.

Umarali Normatov asarlarini ko’p o’qiganmiz, konspektlashtirganmiz, yosh ijodkorlarni o’qishiga tavsiya qilganmiz, referat yozdirganmiz. Chunki yosh adabiyotshunoslar, tanqidchilarni etishib chiqishida Umarali Normatov asarlari qo’llanma, darslik vazifasini bajaradi. Olim Abdulla Qahhorni nihoyatda yaxshi ko’radi. So’z sehrgari Abdulla Qahhor ijodiga bag’ishlab yuzlab maqolalar yozgan. Bundan tashqari Said Ahmad, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Mirmuhsin, Hamid G’ulom, Nazir Safarov, Rahmat Fayziy, Erkin Vohidov, Pirimqul Qodirov, Xudoyberdi To’xtaboev, O’tkir Xoshimov, Iqbol Mirzo, Isajon Sulton, Tog’ay Murod kabi ko’plab ijodkorlar asarlari haqidagi bahslarda faol. Olim adabiy jarayon, yozuvchilarning o’ziga xos hususiyatlari, yutuqlari, kamchiliklari haqida to’lqinlanib yozadi va gapiradi.

Adabiyotshunos olim Umarali Normatov mehnatni ulug’lovchi tanqidchiligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Chet ellardagi ijodkorlarda bir hususiyat ko’zga tashlanadi. Ya’ni kichik bir asar yozilsa ham u yozuvchini ko’klarga ko’tarib maqtash orqali yuksaltirish odati bor. Umarali Normatovda barcha ijodkorlar mehnatini ulug’lash, hurmat qilish, e’zozlash orqali rag’batlantirish hususiyati juda kuchli. Umarali Normatov nazm va nasrni birdek yaxshi tushunadigan va tahlil qila oladigan tanqidchilar sirasiga kiradi. Eng asosiysi olim - uzoq yillar hozirga O’zbekiston Milliy universiteti Filologiya fakultetida faoliyat ko’rsatdi. Minglab yoshlarga adabiyot, tanqidchilik sir-asrorlarini o’rgatdi. Adabiyot o’qituvchilarini tayyorlanishiga o’z hissasini qo’shdi. Olim faqat ma’ruza o’qish, dars o’tish bilangina emas balki maktab o’quvchilari uchun 5, 9, 11-sinflar uchun yaratgan darsliklari oliy o’quv yurti talabalari uchun “XX asr o’zbek adabiyoti tarixi” darsligini yaratilishiga katta hissa qo’shgan allomadir.

Ustoz adabiyotshunos Matyoqub Qo’shchonov Umarali Normatovga shunday degan ekanlar: “Ko’rib turibman, o’zingni ancha oldirib qo’yibsan. Birgina mushtga shunchalikmi?, dedilar kulib va qo’li bilan boshiga ishora qilib so’zida davom etdilar, - bu boshga bunaqa mushtlardan son mingtasi tushgan, o’lib qolganim yo’q, mana tirik yuribman. Navoiy aytmoqchi, “Emas oson bu maydon ichra turmoq”... Adabiyot ishini chidaganga chiqargan!” Bu o’lmas, olg’a chorlatuvchi fikrlar Umarali Normatovga hurmat, mehr, sadoqat, ruhlantirish, yuksaltirish, maslahat vazifasini bajargan bo’lsa kerak. Adabiyotshunos olim, tanqidchi bo’lib etishishida bunday asamimiy, mehrli fikrlarni, qo’llab-quvvatlashni ahamiyati katta bo’lganligi shubhasiz. Shuning uchun ham Umarali Normatov ustozlaridan olgan o’gitlari evaziga o’ziga o’xshagan samimiy, rost so’zlarni doimo ayta oladigan Hamidulla Boltaboev, Bahodir Karim, Ulug’bek Hamdam, Dilmurod Quronov kabi yuzlab tanqidchilar, o’n minglab muallimlar etishib chiqishiga katta hissa qo’shdi.

Adabiyotshunos olim Umarali Normatovning xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U “O’zbekiston Respublikasi Fan arbobi” unvoni, Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi bo’ldi. Filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov hozirgacha ellikka yaqin adabiy-ilmiy, tanqidiy kitoblar, yigirma beshta darslik, o’quv qo’llanmalari, etti yuzdan ortiq adabiy tanqidiy maqolalari mamlakatimizdagi va xorijdagi nufuzli jurnallarda e’lon qilingan. Olimning, ayniqsa, “Go’zallik bilan uchrashuv”, “Umidbaxsh tamoyillar”, “Etuklik”, “Qalb inqilobi”, “Qodiriy bog’i”, “Qahhorni anglash mashaqqati”, “Ijod sehri” kabi ellikka yaqin kitoblari yosh adabiyotshunoslar, tanqidchilar, muallimlar uchun darslik, o’quv qo’llanmasi vazifasini bajarib kelmoqda.

Umarali Normatov bugun 90 yoshni qarshilamoqdalar. Ayni kunlarda ham mamlakatimiz adabiyotshunoslari, O’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchilari uchun ustozlik vazifalarini bajarib kelmoqdalar. Biz shogirdlari ustozimiz, maslahatgo’yimiz, mehribonimiz Umarali Normatov tavalludlarining 90 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz. Umrlari uzoq, sog’-salomat bo’lsinlar.

 

Ravshanbek Mahmudov,

Guliston davlat uiversiteti professori, f.f.n.

7819 | 2021-05-29 08:24

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarga qabul 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news