Urinboyev Kamoliddin Turdimuratovichga Guliston davlat universitetining “Faxriy professori” unvoni berildi

Guliston davlat universiteti Kengashining 31.05.2021-yildagi №10-sonli Qaroriga ko‘ra Guliston davlat universiteti bilan hamkorlikdagi istiqbolli faoliyati, universitetning San’atshunoslik fakulteti  ta’lim yo‘nalishlarini metodik va texnik jihat rivojlantirish borasidagi xizmatlari uchun  O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Urinboyev Kamoliddin Turdimuratovichga Guliston davlat universitetining “Faxriy professor”i unvoni taqdim etildi.

            Taqdirlash marosimida Guliston davlat universiteti rektori t.f.d. professor M.Xodjiyev, Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Nosirov va San’atshunoslik fakulteti jamoasi vakillari ishtirok etishdi.

            Marosim yakunida K.Turdimuratov o‘z minnatdorchiligini izhor qilib, hamkorlikdagi faoliyatning kelgusi istiqbollari haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?