“Bag‘rikeng O‘zbekiston-umumiy uyimiz” festivali davom etmoqda.

2021-yilning 11-iyun kuni Guliston shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Bag‘rikeng O‘zbekiston - umumiy uyimiz” millatlararo do‘stlik festivaliga start berilgan edi.

12-iyun sanasida mazkur festivalning ikkinchi kuni davom etdirildi. Guliston shahar markazida barpo etilgan pavilonlarda Guliston davlat universiteti uchun ajratilgan maxsus joyda universitet jamoasi festival ishtirokchilariga o‘zlarining ijodiy ishlanmalarini namyish etishdi. Festivalning ilk kunida asosan bakalavriatura yo‘nalishi talabalarining innovatsion ishlanmalari taqdim etilgan bo‘lsa, bugungi kun magistlarga bag‘ishlandi. Magistrlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalarini taqdim etishdi, shu yerning o‘zida psixologiya bo‘yicha amaliy ishlanma ham namoyish etildi. Yosh psixolog magistr Kamola Xamroqulova festival ishtirokchilari bilan ochiq havoda “Psixologik trening” o‘tkazdi. Mazkur trening festival ishtrokchilariga nihoyatda ma’qul keldi.

 Festival doirasida universitetning magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilari bilan kadrlar buyurtmachilari va iste’molchi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama shartnmalar ayna shu yerning o‘zida imzolandi.

Mazkur festivalga universitetning 50 nafar ko‘ngilli yoshlari tashkiliy masalalarda faol ishtirok etishmoqda. Festival doirasidagi tadbirlarda universitet jamoasining ishtorki davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?