14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
Barqaror rivojlanishning uchinchi maqsadi “Sogʻlom turmush tarzini yuksaltirish hamda aholining farovonligini ta’minlash ” (keyingi o‘rinlarda SDG 3 deb yuritiladi). SDG 3 aholi oʻrtasida sogʻlom turmushni barcha jabxalarda yukastirish va aholining hayot tarzini farovonlashtirishga qaratilgan.
SDG 3 quyidagi maqsad va vazifalarni o‘z ichiga oladi:
3.1. 2030 yilgacha onalar o‘limi ko‘rsatkichini uchdan bir marta qisqartirish.
3.2. 2030 yilgacha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar orasidagi o‘limni ikki marta kamaytirish.
3.3. Aholining tuberkulyoz va OIV bilan zararlanish darajasini kamaytirish (90-90-90) hamda suv orqali yuqadigan gepatit va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashni ta’minlash.
3.4. 2030 yilgacha aholi o‘rtasida yurak-tomir, onkologik, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklar tufayli bevaqt o‘limni 30 foizga qisqartirish.3.5. Ruhiy faollashtiruvchi moddalarga qaramlik, shu jumladan, giyohvand moddalar va alkogolli ichimliklarni suiiste’mol qilishning profilaktikasi va davolanishini yaxshilab borish (alkogolning zararli iste’mol qilinishini 10 foizga kamaytirish).
3.6. 2025 yilgacha yo‘l-transport hodisalari sonini, jumladan, piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan YTH holatlarini ikki baravar qisqartirish.
3.7. 2030 yilgacha jinsiy va reproduktiv salomatlikni asrash bo‘yicha xizmatlardan, shu jumladan, oilani rejalashtirish va o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun nikoh yoshini uzaytirish xizmatlaridan umumiy foydalanishni hamda milliy strategiya va dasturlarda reproduktiv salomatlikni asrash masalalarining hisobga olinishini ta’minlash.
3.8. Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrab olishni, shu jumladan, sog‘liqni saqlashga sarflanayotgan katta xarajatlar tufayli himoyalashni, asosiy sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish va barcha uchun xavfsiz, samarali, sifatli va arzon asosiy dorivor va emlash vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
3.9. Xavfli kimyoviy moddalarning ta’siri, havo va suvning ifloslanishi natijasida, jumladan kimyoviy ishlab chiqarish hamda zararli moddalar ko‘milgan joylarda, o‘lim va kasallanish holatlarini qisqartirish.
3.a. Zaruratga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurash Hadli dasturi amalga oshirilishini jonlantirish.
3.b. Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni davolash uchun emlash va dorivor vositalar bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarga ko‘maklashish; Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha bitimining aholi salomatligini asrash maqsadida moslashishini namoyon etish va, xususan, barcha uchun dorivor vositalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha qoidalaridan rivojlanayotgan mamlakatlarning to‘liq hajmda foydalanishi ko‘zda tutilgan “TRIPS bo‘yicha bitim va jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash” Doxa deklaratsiyasiga muvofiq, arzon asosiy dorivor hamda emlash vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.
3.v. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni izchil oshirish, kadrlarni tayyorlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, munosib ish haqi bilan ta’minlash.
3.g. Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining (XTSQ) joriy qilinishi hamda umumiy sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarda chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlikni ta’minlash.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish