Guliston davlat universiteti bitiruvchilari diqqatiga!
2020/2021 o‘quv yilida universitetning bakalavriatura va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan bitiruvchilar bakalavr va magistrlik diplom va ilovalarini elektron shaklda http://student.guldu.uz masofaviy ta’lim platformasining talaba shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. Elektron shakldagi diplom QR kod bilan himoyalangan bo‘lib, mazkur diplom va ilova bilan ishga joylashish va magistraturaga (bakalarvlar uchun) hujjat taqdim etishda hech qanday cheklov yo'q.
Guliston davlat universiteti kadrlar bo‘limi tomonidan birituvchilardan qo‘shimcha hech qanday ma’lumotnomalar, ishga joylashganlik haqida tasdiqnomalar talab qilinmayotganligini eslatib o‘tamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
