14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistr
26
Xorijiy talabalar
Guliston davlat universitetning tom ma’nodagi ilm maskaniga aylanishida o‘ziga xos ulushi, alohida xizmatlari bor, degan gapni bugungi kunda baralla aytish mumkin bo‘lgan insonlardan biri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Umurzoq O‘ljaboyev domla edi.
Umurzoq O‘ljaboyev 1942-yilda Samarqand viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan. U 1959-yilda o‘rta maktabni tugatib bir yil ishlagach, 1960-65-yillarda talaba, 1965-68-yillarda aspirant sifatida Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) Filologiya fakultetida tahsil olgan. 1968-yilning 1-dekabridan Guliston davlat universiteti (sobiq Sirdaryo pedagogika instituti)ning “O‘zbek adabiyoti” (hozirgi “O‘zbek adabiyotshunosligi”) kafedrasida faoliyat yuritgan. 1970-yilda “So‘nggi davr o‘zbek romanchiligida Ulug‘ Vatan urushi davrining aks etishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
U 1965-yildan mehnat faoliyatini Sirdaryo viloyati Guliston tumani 5-maktabida o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisilikdan boshlagan. 1965-1968-yillardan Toshkent davlat universitetining kunduzgi bo‘lim aspiranturasida o‘qigan. 1968-yildan 1971-yilgacha Sirdaryo davlat pedagogika instituti “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1971-yildan 1976-yilgacha kafedrada dotsent vazifasini bajaruvchi, 1976-1986-yillar kafedra dotsenti, 1986-1988-yillar kafedra katta ilmiy xodimi, 1988-1990-yillar kafedra dotsenti, 1990-yildan 2011-yilgacha Guliston davlat universiteti “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi mudiri, 2011-2021-yillar “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedra dotsenti vazifasida ishlab kelgan.
Ustoz Sirdaryo davlat pedagogika instituti endigina tashkil topgan, dastlabki qadamlarini tashlayotgan bir paytda o‘zining mehnat faoliyatini boshlagan. Qariyb 53 yil davomida domla shu universitetdagi ta’lim-tarbiya ishlariga o‘zining bor bilimini, iste’dodini va tajribalarini bag‘ishladi. Shu davr mobaynida domla qanchadan-qancha mutaxassislar bilan birga ishladi: biridan o‘rgandi, biriga o‘rgatdi; qanchadan-qancha hayotga yo‘llanma olgan talabalarga bilim berish bilan birga ustozlik mehrini ham ulashdi. Jamoat ishlarida faol qatnashdi. Turli rahbarlik lavozimlarida ham ishladi. Hayotining 21 yilini kafedrani boshqarishdek mas’uliyatli ishga bag‘ishladi. Ustoz qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, o‘zining birinchi vazifasi o‘qituvchi, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi ekanini bir daqiqa bo‘lsa-da, unutmadi. Domla xarakteriga xos fidoyiligi tufayli butun mehnat faoliyati davomida professor-o‘qituvchilar jamoasida ham, talabalar o‘rtasida ham katta hurmat-e’zozga sazovor bo‘lib keldi.
Umurzoq O‘ljaboyev faoliyatidagi ikkinchi yo‘nalish, so‘zsiz, uning adabiy tanqidchilik, adabiyotshunoslik sohasida qilgan ishlari bilan bog‘liq. Bu sohadagi birinchi qadamni 1966-yilning mart oyida “Sirdaryo haqiqati” gazetasida e’lon qilingan “Ilk qadam” nomli maqola bilan boshlagan edi. Shundan beri uning turli gazetalar, jurnallarda va ilmiy to‘plamlarda 200 dan ortiq maqolalari chop etilgan. U butun ilmiy-ijodiy faoliyati davomida ko‘proq bir mavzuga, ya’ni ikkinchi jahon urushi davridagi hayot va bu davrdagi insonlar qismati badiiy adabiyotda qanday ifodalanganligi masalasiga e’tiborini qaratishga harakat qildi. Shu yo‘nalishdagi izlanishlarining ma’lum qismini yakunladi va “Mardlik va matonat tasviri” (1976), “Satrlar ovozi” (1985), “O‘zbek harbiy prozasida xarakter yaratishning ba’zi masalalari” (1989), “Xotirada chizilgan izlar” (1992), “Urush davri o‘zbek hikoyachiligi” (2006), “Badiiy tasvirning haqqoniyligi” (2008), “Xotiraga ko‘chgan umrlar” (2010, 2016), “Do‘st bilan obod uying” (2012), “Zamon talabi va ijodkor mas’ulligi” (2012), “Abdulla Qahhor saboqlari” (2013), “Hikoyachilikda davr nafasi” (2016), “Adabiyot – ko‘ngil ko‘zgusi” (2017) kabi tadqiqotlari ilmiy jamoatchilikning e’tiborini o‘ziga tortdi.
Domlaning “Zamon talabi va ijodkor mas’ulligi” kitobi ijodiy faoliyatida alohida ahamiyatga ega, chunki bu kitobida u o‘zining adabiyotshunoslik sohasida 45 yillik izlanishlarining muayyan qismini jamlagan. Undan o‘rin olgan maqolalar olimning hayoti davomida olib borgan tadqiqotlari tematikasi faqat bir yo‘nalishdangina iborat emasligini, balki ancha serqirra, boy va rang-barang ekanligini, boshqa mavzularda ham muvaffaqiyat bilan qalam tebratganini ko‘rsatadi.
U 1982-yildan beri O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasining a’zosi. U.O‘ljaboyev “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Mustaqillikning o‘n besh yilligi”, “Mustaqillikning yigirma yilligi”, “Ma’naviyat fidoyisi” (2020) kabi ko‘krak nishonlari bilan mukofotlangan.
Adabiyotshunoslik sohasida olib borayotgan ilmiy-tadqiqotlari va e’lon qilayotgan asarlari uchun olim 2012-yilda Turon Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-sentyabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun ustoz mamlakatimizning yuksak mukofoti “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofatlangan.
Guliston davlat universitetida samarali faoliyat olib borgan, butun mazmunli hayotini ma’naviyat taraqqiyotiga baxshida etgan adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi Umurzoq O‘ljaboyev haqiqiy jonkuyar va g‘amxo‘r inson, iste’dodparvar ustoz sifatida xotiralarda barhayot yashaydi.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish