Bo‘lg‘usi shifokorlar qasamyod qilishdi
2021-2022 o‘quv yilida Guliston davlat universitetida yangi ochilgan Tibbiyot fakultetining “Davolash ishi” va “Pediatriya” ta’lim yo‘nalishlarining birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar shifokorlik qasamyodini qabul qildilar. Ushbu jarayonga bag‘ishlangan katta tadbir universitet Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning o‘quv yishlari bo‘yicha prorektori H.Qo‘shiyev, Tibbiyot fakulteti dekani F.Shernazarov, Sog‘liqni saqlash sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan tibbiyot faxriylari, ota-onalar so‘zga chiqishdi. Tadbir yakunida san’atkorlarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.
.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
