"Targ‘ibot poyezdi" Sirdaryoda faoliyatini boshladi
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi. 13-oktabr sanasida mazkur “Targ‘ibor poyezdi” Sirdayo viloyatiga yetib keldi.
✔️“Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida talabalarga saylov yangiliklari, unga kiritilgan o‘zgarishlar, saylov to‘g‘risida qabul qilingan kodeks bo‘yicha muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Toshkent shahridan kelgan bir guruh professor-o‘qituvchilar boshchiligidagi iqtidorli talabalardan iborat targ‘ibot guruhi Sirdaryolik talaba-yoshlariga saylovchilikka oid bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi. Tadbirlar 13-15 oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
