14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistr
26
Xorijiy talabalar
Joriy yilning 24 oktyabr kuni jonajon diyorimizda muhim siyosiy jarayon, xalqimizning ertangi kuni, kelajagini belgilab beruvchi olamshumul voqea – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tadi.
Ushbu jarayonga yurtimizdagi barcha tashkilotlar, jamoat birlashmalari jiddiy tayyorgarlik ko’rmoqda. Saylovni uyushqoqlik bilan tashkil etish va bu jarayonning nechog’lik muhim ahamiyatga ega ekanligini xalqimiz ongiga singdirish maqsadida Guliston davlat universiteti jamoasi tarafidan bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirildi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “O’zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha chora-tadbirlar” dasturi asosida 2021 yilning aprel oyidan boshlab Sirdaryo viloyatidagi barcha saylov uchastkalariga biriktirilgan saylov komissiyasi a’zolariga saylov qonunchiligi, saylov kodeksidagi o’zgarish va yangiliklar, saylovni shaffof va demokratik tamoyillar asosida o’tkazishga qaratilgan treninglarda universitet professor-o’qituvchilaridan iborat hududiy trenerlar guruhi muntazam ravishda o’quv mashg’ulotlarini olib bordi.
Bundan tashqari, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda universitetning bir guruh professor-o’qituvchilaridan iborat ko’ngillilar guruhi shakllantirilib, ushbu ko’ngillilar asosan saylov jarayonlarini tashkil etish, xalqaro kuzatuvchilarga gid-tarjimonlik ishlarida yordam bermoqda.
Universitet o’quv binolarida zamonaviy raqamli-elektron qurilmalarda barcha siyosiy partiyalar tomonidan Prezident sayloviga ko’rsatilgan nomzodlar tarjimai hollari va saylovoldi dasturlari to’xtovsiz namoyish etilmoqda.
Bevosita universitetning o’zida ham yoshlar ongida milliy saylovchilik tizimi, saylov jarayonining ahamiyatini to’g’ri talqin qilish maqsadida bir qator targ’ibot ishlari paralel ravishda olib borilmoqda. Jumladan: “Biz sirdaryolik yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlarimiz!” shiori ostidagi “Yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirish aktsiyasi” doirasida Guliston davlat universiteti talaba-yoshlari orasida “Yosh saylovchi” platformasi faoliyati yo’lga qo’yildi. Mazkur platforma doirasida etakchilar uchun saylov jarayonlari to’g’risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni qamrab olgan broshyuralar hamda “Yosh saylovchi” yon daftarchalari taqdim etildi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Yosh saylovchi – 2021” targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Saylov–2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida tashkil etilgan “Targ’ibot poezdi” loyihalari doirasida universitetda poytaxt oliygohlari faol targ’ibotchilaridan iborat ishchi guruh vakillari hamkorligida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan: Saylov bilimdonligi bo’yicha “Zakovat”, “Huquqiy viktorina” bellashuvlari, sport musobaqalari, “Kelajak liderlari” klubi a’zolari bilan milliy saylovchilik bo’yicha ochiq muloqotlar, “Yoshlar va saylov” forumi tadbirlari o’tkazildi.
Guliston davlat universitetining bir qator o’quv binolarida, jumladan, Guliston shahrida universitet qoshidagi akademik litseyda, Yangier shahrida pedagogika fakultetida, Boyovut tumanida jismoniy madaniyat fakulteti va sirtqi bo’limda, Oqoltin tumanida Oqoltin sanoat texnikumi o’quv binolarida ham saylov uchastkalari joylashgan. Mazkur saylov uchastkalari saylov qonunchiligi talabalariga mos ravishda saylovga tayyor holga keltirildi. Saylovchilar ro’yxati, barcha nomzordlarning tarjimai-hollari va saylovoldi dasturlari joylashtirildi. Barcha siyosiy partiyalar va xalqaro kuzatuvchilar uchun joylar tayyorlandi. Saylov jarayonini tezkorlik bilan yoritish maqsadida – ommaviy axborot vositalari uchun internet tarmog’i hamda axborot texnologik vositalar bilan to’liq ta’minlandi.
Bu yilgi Prezident saylovi jarayonlarida universitet professor-o’qituvchilari jamoasi ishtirokini yuqori saviyada ta’minlash borasida har bir kafedraga targ’ibot flaerlari tarqatildi.
Boshqa viloyatlardan kelib Guliston davlat universitetida tahsil olayotgan talabalardan 3 ming 49 nafar talabalarning ham saylovda faol ishtirok etishlari uchun universitet binolarida joylashgan saylov uchastkalariga biriktirildi va endilikda ular shu erning o’zida ovoz berish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Universitetimiz talabalaridan 2 ming 748 nafar talaba joriy yilgi Prezident saylovlarida birinchi marotaba ovoz beradi.
Saylov – bu demokratiya, xalq hokimiyatining yuksak belgilaridan biridir. Aslida ushbu jarayonni uyushqoqlik bilan o’tkazish, unga munosib tayyorgarlik ko’rish va Prezident saylovlarida faol ishtirok etish – millatidan, diniy e’tiqotidan, irqi, jinsi, kasb-kori va egallab turgan maqomidan qat’iy nazar mamlakatimiz har bir fuqarosining huquqiy burchi, vazifasidir. Zero, ertangi farovon kunimiz, farzandlarimizning yorug’ istiqboli munosib tanlovimizga bog’liq.
Mamlakatimizning o’qituchi-professorlarini, talaba-yoshlarini va barcha fuqarolarimizni yana bir bor O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chorlayman.
Muxsin XODJIEV,
Guliston davlat universiteti rektori,
texnika fanlari doktori, professor
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish