Rossiya davlat agarar universiteti professori Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi

Rossiya davlat agrar universiteti-K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi dehqonchilik va tajriba ishlari uslubiyati kafedrasi professori. Shuningdek, Vladimir davlat universitetining kafedra mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Mazirov Mixail Arnoldovich Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi.

            M.A.Mazirov Rossiya davlat agrar universiteti va Guliston davlat universitetlari doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash, ikki tomonloma o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari doirasidagi mazkur tashrifida Guliston davlat universitetining ilmiy va o‘quv jarayonlari bilan tanishdi.

Vladimir davlat universiteti va Guliston davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra qo‘shma dastur asosida magistrlar tayyorlash bo‘yicha maslahat kengashi o‘tkazilib, kelgusi o‘quv yilidan boshlab yangi qo‘shma dastur bo‘yicha abituriyentlarni qabul qilish rejaga kiritildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?