O‘zbekiston yoshlari Forumi – 2021
18-dekabrdan 25-dekabrgacha mamlakatimizda O‘zbekiston yoshlari Forumi – 2021 o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan 23-dekabr kuni Guliston davlat universitetida yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi, uning doirasida Qozon Federal universiteti vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, mamlakatni yangilashda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratishdir.
“Yoshlar forumi – 2021” haqli ravishda yoshlarimizni birlashtirish va ularga yangi imkoniyatlar taqdim etishga qaratilgan universitetimiz hayotidagi yorqin voqea deb atash mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
