Sirdaryo “Sayxun” festivali universitetda
23-dekabr kuni start olgan “Sayxun” yoshlar festivali doirasida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” forumi mehmonlari – qozog‘istonlik bir guruh yoshlar 24-dekabr kuni Guliston davlat universitetiga tashrif buyurishdi.
Universitetning Ma’naviyat va ma’rifat markazida mehmonlrani Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor F.Niyazov boshchiligidagi universitet rahbariyati va viloyat hokimligidan mas’ullar kutib olishdi. Dastavval ikki tomonlama do‘stlik rishtaraliga to‘la fikr almashinuv o‘tkazildi. Shundan so‘ng Festival doirasida bilimlar bellashuvi, san’at ijodkorlarning o‘z qobiliyatlarini namoyish qilish tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alari almashishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
