Guliston davlat universiteti rektorining jamoaga Murojaati!

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Qadrli hamkasblar, aziz talabalar! O‘g‘illarim-qizlarim!

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bugun butun dunyo mamlakatlarining bosh shioriga aylangan. Fuqarolar salomatligini asrashdek muhim jarayon har qaysi davlatda deyarli bir xil kechmoqda COVID-19 infektsiyasi natijasida JSST tomonidan e’lon qilingan pendemiya holati hamon yor yuzida saqlanib turibdi. Muhtaram Prezidentimizning sa’yi harakatlari va jonbozliklari bilan koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi katta ishlarni olib bormoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Bizni hududimizda kassallik aniqlamadi-ku, xavotirga o‘rin yo‘q, deb xotirjam bo‘lish xiyonat hisoblanadi. Koronavirus menga yuqmaydi, deb befarq yurganlar nafaqat o‘zining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sog‘ligi va hayotini katta xavfga qo‘yishini chuqur anglab yetishi kerak!”, deb bejizga ta’kidlamadilar.

Dono xalqimiz azal-azaldan hamjihatlikni, ahillikni qadrlab kelganligi ham bejiz emas. Shu hamjihatlik va oqilona ish ko‘rgan o‘zbek xalqi necha-necha xavf-xatardan, balo-qazodan omon qolgani ham tarixdan ma’lum.

Aziz hamyurtlar! Hamkasblar, talaba-yoshlar!

Insonga hayot bir marta beriladi. Hayot degan ulkan baxtni ehtiyotlash, saqlash, uzaytirish har birimizning o‘zimizga bog‘liq. Shunday ekan, biz hamjihat bo‘lib, birlashib bir-birimizni ehtiyot qilaylik. Koronavirus infektsiyasidan himoyalanishning yagona chorasi-bu kasallika qarshi emlanish, vaksina qabul qilishdir!

Bugun davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari va jonkuyarligi natijasida dunyoning eng ilg‘or davlatlari tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina vositalari xalqimiz uchun bepul taqdim etilmoqda. Bunday imkoniyatdan unumli foydalanib, vaksina qabul qilish punktlari orqali o‘zimizni, oilamizni va yaqinlarimizni ham vaksina qabul qilishga targ‘ib qilaylik. Zero, hayot degan bebaho ne’matni qadrlash, uni asrab avaylash barchamizning burchimizdir.

Ushbu illatga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlangan ilk kunlardan boshlab universitetimizda vaksinatsiya punktini ishga tushirdik. Ushbu markaz bugungi kungacha uzluksiz ishlab kelmoqda.

         Aziz hamksablar, professor-o‘qituvchilar! Qishki ta’til kunlarida tashkil etilgan seminar-trening va o‘quv kusrlari o‘z ustimizda ishlash uchun yana bir imkoniyatdir. Bunda barchani faol bo‘lishga chaqiraman.

Hurmatli talaba-yoshlar, o‘g‘illarim-qizlarim! Sizlar ham qishki ta’til kunlaridan unumli foydalangib, ko‘proq kitob o‘qing, bilimingizni charxlang. Universitetimizda tashkil etilayotgan onlayn fan olimpiadasi, turli ko‘rik-tanlovlar va bellashuvlarda masofadan turib ishtirok eting. Bularning barchasi Siz azizlarni bilimngizni chuqurlashtirish, kasbiy ko‘nikmalaringizni shakllantirishga qaratilgandir.

Barchangizga sabr-toqatlik bilan o‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni tilayman!

         Biz birgalikda koronavirusni albatta yengamiz!

 

Muxsin Xodjiyev

Guliston davlat universiteti rektori,

Texnika fanlari doktori, professor

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?