“Jinoyatga jazo muaqarrar, Jaholatga qarshi ma’rifat”

      21.02.2022-yilda Guliston davlat universitetida “Jinoyatga jazo muaqarrar, Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir o‘takildi. Tadbirni universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Abdurasulov olib bordi. Tadbirda GulDU Professori R.Mahmudov, Respublika Ma’naviyat-ma’rifat Markazi Guliston shahar bo‘limi boshlig‘i I.Norbekov, Guliston shahar hokimligi vakili D. Bobobekov, Sirdaryo viloyat IIB profilaktika inspektori A.Usmonovlar so‘zga chiqishib, bugungi kunda uchrayotgan jinoyatchilik ishtirokchisiga aylangan  yoshlarning ko‘pchiligi  o‘z fikriga ega emasligi, ongida g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lganini, ma’naviy fikrlash qobiliyatlari sust ekanligini bildirishdi.

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurshish uchun insonning  ma’naviyati yetuk darajada bo‘lishi lozim. Har bir inson hayotda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan holda unga intilishi kerak. Buning uchun yoshlikdan harakat qilish lozim. Mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bilimli, ma’rifatli kishi esa hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmaydi. Kelajakda yoshlarimizning vatan uchun kerakli insonlar bo‘lib yetishishlari va vatan taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishlarini tilab qolishdi.

         Tadbir so‘ngida masala yuzasidan talabalar bilan bahs-munozara va savol-javob o‘tkazildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?