Talabalarning innovatsion ishlanmalari universitet tomonidan moliyalashtiriladi
Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning universitet talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot formatidagi uchrashuvlari fakultetlar va yo‘nalishlar kesimida davom etmoqa. 10.03.2022-yilda mazkur ochiq muloqot uchrashuvlari Axborot texnologiyalar va Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalar tomonidan innovatsion ishlanmalar va loyihalarni amalga oshirish va tajriba-sinovdan o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatish taklifi rektor tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va bu kabi g‘oya va ishlanmalar to‘liq universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi.
Ochiq muloqotda talabalrning bandlik, internet tarmog‘i bilan qamrovni oshirish, axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan masalalari uchrashuv joyida ijobiy hal etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
