“Intelektual yetuk yoshlar-buyuk kelajak garovi”
2022-yilning 6-may kuni Guliston tumanidagi 31-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 5-aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti va Guliston tumanidagi 31, 9, 25, 28-umuta’lim maktablari bilan hamkorlikda “Intelektual yetuk yoshlar-buyuk kelajak garovi” mavzusida matematika, fizika va axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Tadbirni Guliston tumanidagi 31-maktab direktori R.K.Qodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda GulDU Axborot texnologiyalari fakulteti dekani, f-m.f.b.f.d.(PhD), dotsent A.A.Qalandarov seminar tashkilotchilari va ishtirokchilarini tabriklab, nutq so‘zladi.
Shundan so‘ng seminar uch guruhga bo‘lingan holda davom ettirildi: Fizika fanidan virtual laboratoriyalarni tashkil qilish va bajarish (Sh.Ashirov va R.Daminov), Qiziqarli va mantiqiy matematikadan “Zakovat” intellektual o‘yinlari (D.Turdiboyev va S.Xolboyev), Kibersport (S.Qulmamatov va O‘.Yuldashev).
Sminar yakunida faollar ishtirokchilar esdalik sovg‘lari bilan taqdirlanishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
