Kutubxona – Nurxona
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistratura

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

Kutubxona – Nurxona

Kitob – insoniyatning so‘zdagi va xatdagi tarixi. Kutubxona

esa ilm-fan, bebaho boylik, aql xazinasi va shu xazina jo

bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy maskandir.

Kutubxonachilar mana shu xazinaning xazinabonlaridir.

 

O’quv dargohi bir ulkan QALB bo‘lsa, shu  qalbga  NUR olib

kiruvchi maskan bu kutubxonadir.

 

Universitet axborot-kutubxonasining tarixi, bugungi salohiyati haqida gapirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  1966-yil iyul oyida Sirdaryo shahrida  G‘ofur G‘ulom nomidagi Pedagogika instituti tashkil etilganda, dastlab filologiya va fizika-matematika yo‘nalishlari ochilgani uchun faqat shu sohalar bo‘yicha adabiyotlar Toshkent Nizomiy nomidagi pedagogika institutidan kitoblar keltirilib, kutubxona tashkil etilgan. Kutubxonaning dastlabki zahirasi yuzlab kitoblardangina iborat edi. Alfavitli va sistemali kataloglar tashkil etilgan. Bibliografiya ishlari yo’lga qo‘yilgan. 1974-yilda kutubxona fondi 20 ming nusxaga yetkazilgan. Oradan 40 yil o‘tib (1966-2006) kutubxona Axborot-resurs markaziga aylantirildi.

Bugun esa ARM kitob fondi jami 42 ming 707 nomdagi 407703 nusxani tashkil etadi. Shundan:  elektron resurslar - 35834 nomda. Zamon talabiga asosan faqat 2021–yilda fondagi adabiyotlarning 10 ming nomdan ortig‘i elektron shaklga o‘tkazildi.

Axborot – resurs markazining 5 ta filiali: Yangiyer shahrida joylashgan Pedagogika fakulteti, Boyovut tumani “Boyovut-3” markazida Jismoniy madaniyat fakulteti, Boyovut tumani “Boyovut-1” markazida Sirtqi bo‘lim, Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti binolarida hamda Talabalar turar joylarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu kutubxonalaridan foydalanuvchilar soni 14 mingdan ortiqni tashkil etadi.

Barcha kutubxonalarda keng yorug‘ o‘quv zallari, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va bosma hamda elektron adabiyotlar mavjud bo‘lib ulardan foydalanuvchilar erkin foydalanish imkonyaitlariga ega. Har bir binoda Wi-Fi qurilmalari hamda internet tarmoqlari mavjud. Bu esa o‘z navbatida foydalanuvchilar uchun yanada qulayliklar yaratadi. Kutubxonada jami 26 nafar kutubxonachilar xizmat ko‘rsatib kelmoqda va ularni aksariyat qismini ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotganlar tashkil etadi. 

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutaolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadlarida, kitob ko‘rgazmalari, seminarlar, taqdimotlar, adabiy-badiiy kechalar tashkil etildi. Ko‘rgazmalar doimiy ravishda yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib borilmoqda. Joriy yilda ham kitobxonlikni keng targ‘ib etish, talabalarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish va ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida aprel oyining 18-23-sanalarida “Kitobxonlik” haftaligini o‘tkazildi.

Bugungi kunda davlatimiz rahbariyati tomonidan kutubxonachilarni ijtimoiy himoyasiga ham e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risi”dagi PQ-4354 sonli qaroriga asosan  “21-may – kutubxonachilar kuni” sifatida nishonlash belgilandi. Shu munosabati bilan 21-may kuni Guliston davlat universitetida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Guliston davlat universiteti rahbariyati: prorektor Qo‘shiyev Habibjon Hojiboboyevich, Kasaba uyushmasi raisi Yusufaliyev Abduraxmon, Xodimlar bo‘limi boshlig‘i Abduraxmonov Obid, Ma’naviy ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim xodimi Nazarov Komiljon, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etib, kutubxonachilarni muborakbod etishdi. Universitet rahbariyati tomonidan ko‘p yillardan beri universitet kutubxonasida faoliyat yuritib kelayotgan: Dustmurodava Lazokat – axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri; Karimova Ro‘zixon – kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi mudiri; Yuldasheva Nargiza – elektron axborot resurslar bo‘limi mudiri. Nurillayeva Nurxon – kutubxonachi; Yuldasheva Ra’no – ilmiy-uslubiy bo‘limi mudiri; Usmanova Nigora – yetakchi mutaxassis va boshqalar pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘a va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Universitet kutubxonasining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, ko‘p yillar davomida oddiy kutubxonachilikdan shu maskan rahbari darajasiga yetgan va hozirda pensiyadagi Normamatova Tojigul opa va Djalolova Favziya opalarga universitet rahbariyati va jamoasining “Tashakkurnoma”si va sovg‘alari topshirildi.

      So‘zga chiqqanlar, bugungi taraqqiyot davrida oliy ta’lim muassasalarida Axborot-resurs markazlarining o‘rni, ularning ahamiyati, kutubxonachilik sohasiga davlat boshqaruvi tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, kutubxonachilarning mashaqatli va sharafli faoliyati hamda ularni ta’lim sohasiga qo‘shayotgan hissalari to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shu jumladan, ushbu yo‘nalishda bizning ARM xodimlarining qo‘shayotgan hissalari, ta’limni masofadan tashkil etishdagi o‘rni va xarakatlarini yuksak baholab, barcha xodimlarga o‘zlarining iliq tabriklarini aytishdi, kutubxonada faoliyat yuritib ketgan xodimlar yodga olindi va xotirlandi.

                                                                 

                                                                           ARM direktori O.Oqyigitov

5011 | 2022-05-24 11:49

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news