TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini rivojlantirishni jadallashtirish va talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.
Guliston davlat universiteti tomonidan Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, Shodlik mahallasi, Guliston davlat universitetiga tegishli bo’lgan (0.3 gektar) yer maydonida 400 o’rinli talabalar turar joyi binosini Vazirlar Mahkamasining 563-sonli qarori 1-bandi a-kichik bandiga muvofiq qurish va faoliyatini tashkil etish bo’yicha davlat tashabbusi bildirildi.
Batafsil ma’lumot quyidagi manzillarda:
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
