Talabalar amaliyoti ichki turizm bilan uzviy bog‘liq ravishda tashkil etiladi

Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning universitet talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot formatidagi uchrashuvlari fakultetlar va yo‘nalishlar kesimida olib borilmoqda. 21.09.2022-yilda mazkur ochiq muloqot uchrashuvlari Ijtimoiy-iqtisodiy va Filologiya fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalar tomonidan tarixiy obyektalrda olib borishlari ko‘zda tutilgan tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlarini  ichki turizmni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liq ravishda  tashkil etish taklifi rektor tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi.

Bugungi tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy masalalar bo‘yicha 1-prorektor F.Niyazov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Karshibayev va Yoshlar murabbiysi R.Mahmudovlar ham talabalar bilan muloqot o'tkazishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?