Guliston davlat universitetining Qozon federal universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Guliston davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  Z.Zikriyayev Qozon federal universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif rejasiga muvofiq, navbatdagi uchrashuvlar QFU rektorining Osiyo mintaqasi bo‘yicha maslahatchisi Renat Azimov hamda Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti vakillari bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda qo'shma magistratura dasturlarini joriy qilish va yosh tadqiqotchilarning dissertatsiya himoyalarini QFUda tashkil etish, shuningdek QFUda Guliston davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi yosh professor-o'qituvchilarining stajirovkalarini tashkil etish masalalari kelishib olindi. Bugungi kun tartibidagi yana bir eng muhim masala-O‘zbekiston Respublikasining Falsafa doktori (PhD) diplomlarini Rossiya Federatsiyasining fan nomzodi diplomiga tenglashtirish va QFU tan olish yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Oliy attestatsiya komissiyasidan rozilik olishga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?