Ma'rifat soati

Madaniyat karvoni va ma'naviyat festivali doirasida Guliston davlat universitetida O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, uyushma raisi o'rinbosari, shoir G'ayrat Majidov, uyushmaning viloyat bo'limi raisi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, senator Hayotxon Ortiqboyevalar bilan talabalarning ijodiy uchrashuvi o'tkazildi.

 Ma'rifat soatini GulDU rektori M.Xodjiyev ochib berdi va uchrashuv davom etdi.

 Ijodkorlardan professor R.Mahmudov davrani olib bordi.

 Shoir M.Ismoilov, yosh ijodkor Y.Hayitboyevlar so'zga chiqib, o'z fikrlarini aytib, she'rlarini o'qib berishdi.

 Quvonarlisi, tadbir yakunida uyushma raisi Sirojiddin Sayyid so'zga chiqib, yosh ijodkor talaba, "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sohibi Yorqinjon Hayitboyevni uyushma a'zoligiga qabul qilinishi bo'yicha yaxshi yangilikni e'lon qildi.

 Tadbir yuqori saviyada davom etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?