Qadring baland bo‘lsin-ona tilim!
2022-yilning 21-oktabr sanasida Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “21-oktabr-O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori professor M.Xodjiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori I.Ermatov “O‘zbek tilining taraqqiyoti va Davlat maqomiga ega bo‘lishi” mavzusida chiqish qildi.
Tadbirning badiiy qismida universitetning ijodkor talaba-yoshlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar va she’rlar ijro etilib, sahna ko‘rinishlari va milliy raqslar namoyish etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
