14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
🌴Joriy yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish vazifasi belgilangan edi.
🌿Gulsiton davlat universiteti jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish mavsumida universitet hududlariga 2022-yilning oktabr-noyabr oylarida jami 13 000 donadan ziyod ko‘chatlarni ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 12 000 donasi manzarali va 1 000 donasi mevali ko‘chatlarni tashkil etadi. Mazkur umummilliy loyiha ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona viloyatidan 6000 dona terak va 1000 dona behi, Jizzax viloyatidan esa 1000 dona sada daraxtlarining maxsus yetishtirilgan navlari ko‘chatlarini ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzildi.
🌳2022-yilning 10-noyabr sanasida Guliston davlat universitetida «Yashil makon» umummilliy loyihasining “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish tadbirlariga bag‘ishlangan aksiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur aksiyada universitet rektori Muxsin Xodjiyev, Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Shavkat Zayniddinovlar ishtirok etishib, nutq so‘zlashdi.
☘️Shundan so'ng universitet rektori Muxsin Xodjiyev va Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Shavkat Zaniddinovlar ko‘chat ekish tadbirlarini boshlab berishdi. Prorektorlar Faxriddin Niyazov, Mamatqul Bairbekov, Jaxongir Qarshibayev va Zokirjon Zikriyayevlar navbati bilan ko‘chatlarni yerga qadashdi, shundan so‘ng butun universitet jamoasi o‘zlariga tegishli hududlarda ko‘chatlarni ekishga kirishib ketishdi. Shu kuni tadbirga taklif etilgan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi vakillari ham mazkur aksiyada ishtirok etishdi. Mazkur aksiya o‘ziga xos bayram tadbiriga ulanib ketdi.
🍃Umummilliy loyihada universitet professor-oʻqituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari tomonidan Terak, Sada, Behi ko‘chatlari, shuningdek, terak va jiyda qalamchalari universitetning Guliston va Yangiyer shahrlaridagi, shuningdek, Boyovut, Oqoltin va Guliston tumanlaridagi hududlari boʻylab ekildi.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish