Guliston davlat universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyasi o‘tkazildi
Bir vaqtning o‘zida Respublika miqyosida 14 ta hududdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ushbu aksiya jarayonlari Guliston davlat universitetida o’rnatilgan katta monitor orqali bog‘langan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tarzida tashkil etildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari, Guliston davlat universitetida mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
Aktsiya davomida universitet hududida 500 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
