Guliston davlat universitetining Xitoylik hamkorlar safi kengaymoqda

2023-yilning 5-aprel sanasida Xitoy xalq respublikasining nufuzli oliy taʼlim mussasalaridan biri Shimoliy-gʻarbiy qishloq va oʻrmon xoʻjaligi universitetining (Northwest A&F University) prfoessor Szou Yufen rahbarligidagi delegatsiyasi Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi.

 Mehmonlarni universitet rektori M.Xodjiyev boshchiligida, prorektorlar J.Qarshiboyev, Z.Zikriyayev, xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi G.Norimova va professor X.Qoʻshiyevdan tashkil topgan universitet jamoasi vakillari kutib olishdi va rasmiy muzokaralar oʻtkazishdi.

 Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joizki, 1934-yilda tashkil topgan Northwest A&F University Xitoyning Syanyan provinsiyasida joylashgan eng nufuzli universitet boʻlib, butun XXR oliy taʼlim muassalari milliy reytingida 39 oʻrinni egallab turibdi. Bugungi kunda mazkur taʼlim dargohida 34 ming talaba taʼlim olayotgan boʻlsa, 3 mingga yaqin doktorantlar ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib kelishmoqda. Universitet tarkibida 21 ta kolledj va 4 ta institut faoliyat yuritadi.

 Muzokaralar jarayonida ikki davlat oʻrtasidagi rivojlanib borayotgan aloqalar negizida oliy taʼlim hamda innovatsion yoʻnalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga qaratilgan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Bunda ikki hamkor oliy taʼlim muassasasining mavjud imkoniyatlari va potensiallari tahlil etildi.

 Tomonlar kelgusida hamkorlikning taʼlim, ilmiy va innovatsion yoʻnalishlarini rivojlantirishga qaratilgan kelishuv shartnomalarini shakllantirish boʻyicha kelishuvga erishishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?