Sayxunobodda ochiq muloqot o‘tkazildi

07-iyun sanasida Guliston davlat universiteti rektori, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati M.Xodjiyev Sayxunobod tumani “Guliston” MFY aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqot jarayonida M.Xodjiyev tumanda ta’lim jarayonini sifat jihatdan yaxshilash, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan ta’lim bilan bog‘liq yangi moddalar va normalarning mazmun-mohiyati to‘g‘sirida tushuntirish berdi.

          Muloqot jarayonida hudud aholisidagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

          Shuningdek, M.Xodjiyev “Gulsiton” MFYda joylashgan 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Bolalar yozgi oromgohi”ga tashrif buyurib, bolajonlar bilan muloqot qildi, ularga o‘z sovg‘alarini topshirdi.

Bugungi tadbir kun tartibida MFY hududidagi nogironlar bilan ishlash masalasi ham joy olgan bo‘lib, nogironlar uylariga tashrif buyurildi, ularga sovg‘alar topshirilib, tuman tibbiyot birlashmasiga tegishli tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?