2023 yil 24-iyun soat 10 00 va 13 00 da Guliston davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.B.91.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1. Xorazm Ma'mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo‘limi kichik ilmiy xodimi Xudayberganov Norbek Atabaevichning “Xorazm vohasi sharoitida murakkabgullilar (Asteraceae) oilasiga mansub istiqbolli dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va plantatsiyalarini tashkil etish” mavzusidagi 03.00.05 – Botanika ixtisosligidan biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy raxbar: b.f.d., prof. B.Yo.To‘xtaev
2. Guliston davlat universiteti Biologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Saidov Madilxon Azizxonovichning “Ohangaron havzasi quruqlik mollyuskalarining (GASTROPODA, PULMONATA) faunasi va ekologik-biologik xususiyatlari” mavzusidagi 03.00.06 –Zoologiya (biologiya fanlari) ixtisosligidan biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: b.f.d., prof. A.Pazilov
Manzil: Guliston davlat universiteti, majlislar zali
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
