Sayxunobodda sayyor qabul o‘tkazildi

Guliston davlat universiteti rektori, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati M.Xodjiyevning reja-grafigiga muvofiq oktabr oyida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazishi rejalarshtirilgan edi.

Mazkur rejaga muvofiq, 13-oktabr sanasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati M.Xodjiyevning Sayxunobod tumani “Guliston” MFY aholisi bilan sayyor qabuli o‘tkazildi. Sayyor qabul jarayonida hudud aholisidagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur sayyor qabul jarayonida universitetning Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i A.Sulaymonov va universitet xodimlar bo‘limi boshlig‘I O.Abduraxmonovlar ham ishtirok etib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni tezkorlik bilan ijobiy hal qilinishida o‘zlariga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul qilib belgilanishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?