Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlariga start berildi

  Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyevning fakultetlar va yo‘nalishlar kesimida universitet talaba-yoshlari bilan har o‘quv yilida ochiq muloqot shaklda uchrashuv o‘tkazishi yaxshi an’anaga aylangan. Bu yil ham, mazkur an’anaga muvofiq universitet rektorining talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot shakldagi uchrashuvlari 24.10.2023-yildan start oldi.

Filologiya fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tgan ilk ochiq muloqotda talabalarning takliflari,  ulardagi masalalar yechimi bosh mavzu bo‘ldi. Uchrashuvda shuningdek universititet ichki tartib-qoidalari borasida eslatmalar berilib, huquqiy profilaktika masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Talabalar tomonidan ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan til markazini tashkil etish taklifi rektor tomoidan qo‘llab-quvvatlanib, tegishli mas’ullarga yaqin orada mazkur yo‘nalsihdagi til markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida  topshiriqlar berildi.

Bugungi tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy masalalar bo‘yicha 1-prorektori F.Niyazov, rektor maslahatchisi O.Inamov, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, universitet yoshlari lideri F.Zikriyayev, xotin-qizlar kengashi raisi N.Sultonova, profilaktika inspektorlari hamda tyutorlar ham talabalar bilan muloqot o'tkazishdi.

Universitet rektorining talaba-yoshlar bilan uchrashuvlari fakultetlar kesimida davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?