Turkiya OAVlari biz haqimizda
Avval xabar berganimizdek, “InnoWeek.uz-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasidagi tadbirlar rejasiga muvofiq Guliston davlat universitetiga Turkiya davlatidan xalqaro QS reytingida 397-o‘rinni egallab turgan Balikesir Universiteti prorektori, professor Fatih Satil tashrif buyurib, muzokaralarda o‘zaro memorandum asosida ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, bunda professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlari doirasida malaka oshirish masalalariga e’tibor qaratilgan hamda edi.
Shuningdek, professor Fatih Satil haftalig doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tashkil etilgan tadbirda GulDU bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilgan edi.
Turkiya matbuotida “InnoWeek.uz-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi, unda Balikesir Universiteti prorektori, professor Fatih Satil ning tashrifiga doir ma’lumotlar chop etildi.
Batafsil: https://www.balikesir.edu.tr/site/haber/3337
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
