🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

🌴Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasining navbatdagi fasliga rasman start berildi.

 🌿25-oktabr sansida boshlangan kuzgi mavsumda Gulsiton davlat universiteti jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida manzarali va mevali ko‘chatlar ekilmoqda.

🌳“Yashil makon” umummilliy loyihasining navbatdagi faslining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirda universitet rektori Muxsin Xodjiyev ishtirok etib, jamoani jonajon diyorimizda yashil maskanga aylantirish uchun yuhsqoqlik bilan harakat qilishga da’vat qildi.

☘️Shundan so'ng universitet rektori Muxsin Xodjiyev ko‘chat ekish tadbirlarini boshlab berdi.

🍃Umummilliy loyihada universitet professor-oʻqituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari tomonidan Terak, Sada, Behi ko‘chatlari, shuningdek, terak va jiyda qalamchalari universitetning Guliston va Yangiyer shahrlaridagi, shuningdek, Boyovut, Oqoltin va Guliston tumanlaridagi hududlari boʻylab ekilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?